So’nggi yangiliklar

00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  0 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  3 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  4

Agar OFK bilan yaqin bo'lishni xohlasak... Yangiliklar

Agar OFK bilan yaqin bo'lishni xohlasak...

Mamlakatimiz futboli rivoji uchun OFK bilan mustahkam aloqani yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'tgan haftaning seshanba kuni O'FA binosida tashkilotning yangilangan rahbariyati hamda OAV xodimlari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Bunda so'z olgan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bir qator og'riqli muammolar haqida fikr bildirdi. Albatta, tilga olingan masalalarning hammasi etiborga molik va muammolarni toifaga ajratib chiqish ularning echimini tezlatmaydi. Bu o'rinda O'FA har bir muammoga bir xil qarashi kerak bo'ladi. 

Ravshan Sayfiddinovich o'z nutqi davomida xalqaro aloqalar haqida alohida fikr yuritdi. Bunda qo'shni davlatlar bilan futbol yo'nalishi bo'yicha aloqalarni yo'lga qo'yish, aytaylik xalqaro turnirlar tashkil qilish, shuning barobarida OFK bilan ham yaqin bo'lishimiz kerakligini bildiradi. OFK - katta tashkilot, uning tarkibidagi har bir associaciya OFK bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qiladi. Bu o'z navbatida bizga ham tegishli. 

OFK bilan yaqin bo'lishning ikkita asosiy yo'li bor. Birinchisi, OFK o'tkazadigan musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egallash (yutgan jamoaga har doim etibor yuqori bo'lgan), ikkinchisi OFK tomonidan tashkil etiladigan musobaqalardan biriga mezbonlik qilish. SHu paytgacha ikki bor o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati hamda futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga Toshkent mezbonlik qilgani, o'tgan yil CAFA tashkil etgan ikkita alohida turnir ham bizda o'tkazilganini inobatga olsak, bu borada tajribaga egamiz. 

Hozirgi imkoniyatdan kelib chiqib Osiyo Kubogini qabul qila olmaymiz. Lekin yoshlar va o'smirlar, ayollar va futzal jamoalari o'rtasidagi musobaqalarga mezbonlik qilishimiz mumkin. Balki yaqin orada qaysidir xalqaro musobaqa O'zbekistonga topshirilib qolar. Lekin ikkinchi tomondan OFK qachon bizga ham mezbonlikni berar ekan deb kutib o'tirmasdan, o'zimiz tashkilot o'tkazadigan musobaqalarda ijobiy natija qayd etish haqida o'ylashimiz lozim. 

OFK har yili o'tkazadigan Osiyo chempionlar ligasida ancha pastladik. Mana uch yildirki klublarimiz guruhdan chiqa olmayapti. Bundan tashqari, o'tgan U-16 va U-19 Osiyo chempionatlariga bora olmadik. SHu yil o'tkazilgan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga umuman bormadik ham. O'zi bizda plyaj futboli bo'yicha terma jamoa hozir bormi yo yo'qmi bu ham bir masala. 

Osiyoda har tomonlama o'rnak olsa arziydigan mamlakat bor, bu - Yaponiya. Etibor berganmisiz, har qanday xalqaro miqyosdagi turnir bo'lmasin hammasida yaponlar qatnashadi. Qatnashish ham mayli, Yaponiya doim sovrindorlar orasida bo'ladi. Xoh terma jamoalar, xoh ayollar, plyaj yoki futzal bo'lsin Yaponiya doim favoritlar qatorida yuradi. Bundan ko'rinib turibdiki, Yaponiya faqat o'z milliy terma jamoasi yoki ikki-uchta baquvvat klubini o'ylash bilan cheklanib qolmagan, futbolning barcha sohalarini birdek olib borishga harakat qiladi. Endilikda ular OFKdan chiqib hatto KONMEBOL o'tkazadigan Kopa Amerikada ham qatnashishdi. 

Biz ham futbol rivoji uchun Yaponiyadan o'rnak olishimiz darkor. Sovrin yutsa-yutmasa OFK o'tkazadigan har bir musobaqada O'zbekistondan jamoa bo'lishi shart. O'ylashimizcha, Ravshan Ermatov ham ayni shu maqsad yo'lida harakat qilyapti. O'zbekistonda futbol rivojlanishi uchun salohiyat yuqori, Ermatov aytganidek, muammolarni faqat hamjihatlikda bir yoqadan bosh chiqarib hal qilish mumkin. SHundagina turli yoshdagi terma jamoa va klublarimiz muntazam OFK musobaqalarida qatnashish imkoniga ega bo'ladi, bu esa OFKga tobora yaqinlashayotganimizni bildiradi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика