So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  4 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

Agar koronavirus bo'lmaganida, bugun “Liverpul” … Yangiliklar

Agar koronavirus bo'lmaganida, bugun “Liverpul” …

“Liverpul” Premer-liga chempioni bo'lishi uchun yana 2 turda g'alaba qozonishi shart edi.

Biroq, “qizillar”ning yaqin taqibchisi “Manchester Siti”ning ochko yo'qotishi Yurgen Klopp jamoasini titulga yanada yaqinlashtirishi ham bor.

“Arsenal” - “Man Siti”

Xusasan, 11 mart kuni APLning 28-tur qoldirilgan o'yini “Arsenal” hamda “Man Siti” o'rtasida bo'lib o'tishi kerak edi. Ushbu bahsda Gvardiola shogirdlari qiyinchilikka duch kelishi kutilgan. Biroq, bellashuv oldidan "Olimpiakos" xo'jayini Evangelos Marinakis koronavirusga chalingani malum bo'ldi. 13 kun oldin "Olimpiakos" xo'jayini Evropa Ligasi doirasida "Emireyts"dagi o'yinda London klubining bir necha futbolchilari va xodimlari bilan uchrashgan edi. SHu bois, “Arsenal” - "Man Siti" bellashuvi yana nomalum muddatga ko'chirildi.

“CHelsi” - “Man Siti”

Bugun esa “shaharliklar” Londonning boshqa bir jamoasi “CHelsi” mehmoni bo'lardi. Bu bahs ham “Siti” uchun oson o'tmasligi aniq edi.

Nazariy jihatdan, Gvardiola shogirdlari mazkur ikki o'yinda kamida 3 ochko jamg'ardi deylik (jami ochkolar soni esa 60taga etadi).

Endi esa navbat “Liverpul”ga

Mersisaydliklar bugun o'z maydonida “Kristal Pelas” bilan o'ynab, g'alaba qozonishiga hech kim shubha qilmasdi. Boisi, jamoalar o'rtasida o'tkazilgan so'nggi bellashuvlardagi ustunlik ular tomonida bo'lgan. “Liverpul” bugungi zafardan keyin ochkolarini 85taga etkazib, manchesterliklar bilan oradagi farq yana 25 ochkoga tashkil qilardi.

Yakun

CHempionat tugashiga 8 tur qoldi. “Siti” esa qolgan uchrashuvlarning barchasida g'alaba qozongan taqdirida ham jami 24 ochko jamg'argan holda hech qanaqasiga peshqadamga eta olmasdi.

Xulosa qilib, bugun “Liverpul” 30 yil kutilgan chempionligini nishonlayotgan bo'lardi. Bu esa APL tarixidagi eng tezkor chempionlik bo'lishi mumkin edi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика