So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Agar gol urmasang, kiyinish xonasida kaltak eysan". Marseloning finallardagi xotiralari Yangiliklar

"Agar gol urmasang, kiyinish xonasida kaltak eysan". Marseloning finallardagi xotiralari

"The Player's Tribune"da taqdim etilgan Marselo maqolasini etiboringizga havola qilamiz.

Braziliyalik himoyachi u va "Real"ning boshqa futbolchilari finallarda qanday havotirlangani va hayajonni qay tariqa engganini aytib bergan.


"Liverpul"ga qarshi bahs eng og'iri. Marseloni Salohning posteri haqidagi hazil ilhomlantirgan


"Bu CHempionlar ligasi finalidan oldin kiyinish xonasida ro'y bergan edi. Nafas ololmasdim, ammo vahima qilmaslikka intildim. Bu oddiy asabiylashish emasdi - futbolda hamma asabiylashadi. Nafasim tiqildi".

Marseloning so'zlariga ko'ra, "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan bosim katta edi: Atrofdagi hamma raqib g'alabasini kutardi, "Real"da esa 3ta sovrin yutib bo'lgandi. Ammo himoyachi tarixga kirishni judayam istardi. Marselo finaldan oldingi tunda hamma tirnoqlarini tishlab tashladi, g'azab buni engib o'tishga yordam berdi: Finalga bir necha kun qolganda "Real" afsonasi Xorxe Valdano Marseloga devorga Saloh posterini osib, har kuni unga duo qilishni maslahat berdi. Bu braziliyalikning kayfiyatini ko'tardi.


Hayajon maydonga chiqqandan so'ng o'tib ketdi: "O'ylab ko'rdim: Agar maydonda jon berishga to'g'ri kelsa - ### (tupurdim), bunga tayyorman".

Marselo faqat ikkita vaziyatni eslaydi: "Bahs yakunlanishiga 20 daqiqa qolganda 2:1 hisobida oldinda edik, to'p burchakdan o'yinga kiritilishi kerak. Keyin Salohning devordagi posteri haqida o'yladim. Motivaciya uchun minnatdorman, og'ayni!"

"Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda to'p autga chiqib ketdi. Hisob 3:1 ko'rinishiga keldi va biz chempion bo'lishimizni tushundim. O'shanda maydonning o'zida yig'lab yuborganman. 10 soniya qolganda. Ammo men bilan bunaqasi hal ro'y bermagandi".


"Yuventus"ga qarshi final oldidan hamma asabiylashdi. Krishtianu yigitlarni bosimdan halos qildi


Marseloning "Yuventus"ga qarshi bahs oldidan eslaydigani - o'yin oldidan o'tkazilgan nonushta. U, Kasemiro, Danilo va Ronaldu stol atrofida o'tirib, nonushta qilishardi. Jimlik - futbolchilar qornidagi asabiy ovozlar eshitilib turardi. O'shanda Krishtianu savol berdi: "Yigitlar, bir savol bor: Qornimdagi yoqimsiz his faqat menda bo'lyaptimi?"

Marsloning yozishicha, shu gapdan so'ng hamma engillik his qildi, chunki Krishtianudek "mashina" bosimni his qilayotgan ekan, demak, hammasi joyida. Futbolchilar suvga buyurtma berib, biroz kayfiyatni ko'tarib olishdi. Ronaldu avtobusda o'yin haqida o'z taxminlarini aytdi: "Avvaliga qiyin bo'ladi, ammo ikkinchi bo'limda xotirjamlik bilan g'alabaga erishamiz".

Krishtianuning o'zini tutishi hozirgacha Marseloni hayron qoldiradi. "Men hech qachon buni unutmayman, u hammasini to'g'ri topgan. 30 yil o'tib, nevaralarimga Krishtianu va Messi bilan bitta chimda o'ynaganimni faxrlanib aytib beraman".


"Atletiko" bilan finalda og'riqqa chidab bo'lmasdi, ammo Marselo tribunada o'g'lini ko'rib, oxirigacha o'ynashga qaror qildi


Marseloning yana bir xotirasi: 2016 yil finalida u qanotda Grizmann ortidan yuguryapti, oyoqlar zirqirab og'riyapti, biroq u tanish ovozni eshitdi: "Dada, olg'a! Dada, olg'a!". O'g'li Enconing ovozi unga kuch berdi. O'sha bahsda futbolchilarning oilasi "Real" zaxirasiga yaqin tribunada o'tirgan edi, shu sababli himoyachi o'g'lini tezda topdi.


Marseloning navbatdagi xotiralari penaltilar seriyasiga bog'liq. Birinchisi, Lukas Vaskes zarba oldidan xuddi ko'chada yurgandek to'pni barmog'ida aylantirdi: "O'shanda quyidagi gaplar hayolimdan o'tgan: Yigitcha, agar gol urmasang, kiyinish xonasida kaltak eysan". Ammo Lukas darvozani ishg'ol qildi.

Ikkinchisi, Xuanfran zarbasidan oldin Krishtianu bilan suhbat. "Men unga shunday dedim: "Xuanfran adashadi va sen bizga kubokni olib berasan!". Krishtianuning g'alaba to'pidan so'ng Marselo o'g'lini quchoqlash uchun zaxira tomonga otildi.


2014 yildagi finalda Marselo zaxirada qoldi, ammo buvasining dono so'zlari tufayli u raqibni taslim etdi


Marseloni zaxirada qoldirishdi, ammo u maydonga tushishni juda istardi. Hayolda buvasining dono so'zlari aylanardi: "Agar o'yinga tushsam, maydonda borimni berib to'p tepardim".


G'azab otiga mingan Marselo shu so'zlar bilan mashg'ulotlarga kirishdi, biroq hali hech kim unga ruxsat bermagan edi. Yordamchilar braziliyalikka tayyorlanishni aytganida, u yonib turardi: "Quloqlarimdan tutun chiqardi. Rostdan ham, o'yinga tayyor edim!".


Marselo o'sha kecha qanday o'yin ko'rsatganini eslay olmaydi. Ammo maydonda borini bergani aniq yodida.

Braziliyalikning aytishicha, Ramosning goli - juda chiroyli. Ammo esda qolgan asosiysi boshqa narsa. Formalarga javob beradigan Manolin uning oldiga keldi. Manolinning aytishicha, "Atletiko" xodimlari 90-daqiqada maydonga "chempionlar" yozuvi tushirilgan formalarni olib chiqib, shampan vinolarini tayyorlab qo'yishgan ekan.


Manolin baxtdan yig'lardi, Marselo esa javob tariqasida shunday dedi: "Endi baxtli inson sifatida jon berishim mumkin".

***


Marseloning aytishicha, har bir yilan janglarga to'la bo'lgan. O'tgan mavsum jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchradi, "Real" sovrinsiz qoldi, ammo futbolchilarga g'azab va kurashish xohishi qaytdi. Himoyachi so'zlarini quyidagicha yakunladi:

"Real" qaytadi. Bu so'zlarni bannerlarga yozib, devorga ilib, har kecha duo qiling. Biz qaytamiz!"

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика