Agar "Borussiya" "Barselona"ning taklifini qabul qilsa, bu transfer futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi xarid bo'ladi
12 avg 2017 10:40
Yangiliklar
Agar "Borussiya" "Barselona"ning taklifini qabul qilsa, bu transfer futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi xarid bo'ladi
"Barselona" 20 yoshli hujumchi Usmon Dembeleni xarid qilish uchun Dortmundning "Borussiya" klubiga yana bir taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar nemis klubiga 140 mln. evrolik taklif yuborishmoqchi.
Oldinroq, "Barselona" forvard uchun 90 mnl. evro va bonus sifatida yana 40 mln. evro taklif qilgan edi, ammo "Borussiya" taklifni rad etdi.
Dembele Dortmund jamoasi mashg'ulotlaridan chetlatilgan. Malum bo'lishicha, u Parijda do'stlari davrasida klublarning qarorini kutmoqda, ammo "Borussiya" bosh murabbiyi Peter Boshning so'zlariga ko'ra, futbolchi Germaniya hududida.
"Ayni damda futbolchi Dortmundda. Elon qilingan malumotlar noto'g'ri" - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar