Agar "Atletiko" Kavanini xarid qilsa, Simeone klub bilan shartnomasini uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015, 10:32
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klub bilan shartnomani uzaytirishi uchun rahbariyatga shart qo'ydi.

Simeone PSJ hujumchisi Edinson Kavanini xarid qilishni talab qilyapti. Oldinroq murabbiy urugvaylik hujumchiga qiziqib qolgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Kavanining PSJ bilan shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan.

Urugvay terma jamoasi futbolchisi bu mavsumda Fransiya chempionatining 23ta uchrashuvida maydonga chiqib, 8ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com