So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  9 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Agamurodovning o'yindan keyingi HAQIQATLARI! Yangiliklar

Agamurodovning o'yindan keyingi HAQIQATLARI!

Kecha bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Dinamo" o'yinidan keyin birinchilardan bo'lib matbuot anjumaniga kirgan Tachmurod Agamurodov ichidagi gaplarni aytib oldi.
Keling, matbuot anjumanini buxorolik hamkorimiz tomonidan yuborilgan MP3 fayl asosida etiboringizga taqdim etamiz. Birorta gap tahririyat tomonidan qo'shilmagan. Barchasi uchun dalil bor.

- Hozir sizlarning oldingizga kirar ekanman, o'zimni juda xotirjam his qildim. Bu erda biz amalga oshirgan ishlar oldida vijdonim toza. Muxlislar va mahalliy OAV oldida tozaman. O'z ishimni vijdonan bajardim, qolganini o'zingiz o'ylang.

- Hattoki rahmat ham aytishmadi... (OAVdan hamkasbimiz savol tashladi)
- Qanday rahmat?

- O'yin haqida nima deysiz?
- Afsuski, selekciyani kech olib bordik, shuning uchun bizga biroz qiyin bo'ladi. Ammo birinchi o'yin bilan solishtirganda harakatlarimiz chakki chiqmadi. "Buxoro"da ochilish marosimi bo'ldi, shuning uchun ular ham g'alaba uchun o'ynashdi. Bugun haqiqiy erkakcha kurash kechdi deb o'ylayman.

- Kimlarni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Mening jamoam tayyorgarlikdan kelib chiqib o'ynadi va buning uchun ularga rahmat aytdim. "Buxoro"dan biron kishini ajratib o'ta olmayman, boisi murabbiy sifatida faqat o'z o'yinchilarimga qarayman. SHuning uchun raqib futbolchisi haqida gapirishim qiyin. Qachonki, o'yin diskini ko'rib chiqsamgina aytishim mumkin.

- Bugun jamoangizda 4 nafar legioner o'ynadi...
- O'ylashimcha, bu legionerlar jamoamiz saviyasiga javob beradi va ularni olib adashmadim. Biroz vaqt o'tgach, ularning o'yini yanada o'sishiga ishonaman.

- Ikki tur o'tdi, shunga xulosangiz...
- CHempionat endi boshlandi. Kimdir boshidanoq yaxshi o'ynashi mumkin, kimdir turma-tur qo'shib borishi. SHuning uchun umumiy fikrga kelishdan to'xtab turaman. O'zimning futbolchilarimga kelsam, men o'sishga qobiliyati bor futbolchilarni oldim deb o'ylayman.

- Bu yil kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlandi, hattoki "Olmaliq" OCHL yo'llanmasi uchun kurashadiganlar qatoriga kirdi. Sizningcha, mavsum qiziq bo'ladimi?
- Bir narsani aytishim mumkin, 16ta jamoaning barcha murabbiylari halol futbol o'ynashga kelishib olishdi. Halol o'yin bu yaxshi futbolchilarning etishib chiiqishi, terma jamoani JCHga chiqishi, yoshlar olimpiada yo'llamansini qo'lga kiritishi degani. Biz buni istayapmiz, mana ikkinchi turga kelib hammasi yana chiroyli o'tdi. Murabbiylar shu qarorga keldimi, bu katta gap. Endi hammasi halol bo'lsa, futbolda kim aslida kimligini bilib olasiz. Biz barchamiz terma jamoamizning (!) JCHga chiqishini istaymiz to'g'rimi, demak shu yo'lda davom etishimiz kerak.

- Hozir Championat.asia saytida matbuot kotiblariga bo'lgan etiborni oshirish maqsadida, maxsus akciya o'tkazilyapti. Bugun ko'rdikki, "Dinamo"ning matbuot kotibi o'yinga kelmagan?
- Afsuski, bu savol men uchun emas, men faqat jamoaning futbolchilariga javob berishim mumkin.

- Bugungi "Buxoro"ni qanday baholaysiz, so'nggi ikki yilni-chi?
- Men 2013 yil jamoadan ketdim va 7 oy O'zbekistonda bo'lganim yo'q. Men sizga bir narsani aytishim mumkin, buni yozishingiz ham, birovlarga aytib berishingiz ham mumkin. Biz juda yaxshi jamoa tuzgandik. Sizlarda juda zo'r rahbar bor edi: Alisher Rustamov. U kishi halol va aqlli inson edi. Futbol ichida yurib, hali bunday sof ko'ngil rahbarni ko'rmaganman. Agar o'sha tempda ishlayotganimizda hozir qog'ozda emas, amalda OCHL haqida o'ylayotgan bo'lardik. Futbolni alday olmaysiz!

- Kochnev nima uchun sizni ishdan oldi?
- Buni o'zidan so'rang, ularning orqamdan aytmagan gaplari qolmadi. Men yomon ishlar qilgan ekanman va shuning uchun oltinchi o'rinni qo'lga kiritibman, o'tgan yili "Buxoro" yaxshi futbol o'ynagani uchun oliy ligada qolish uchun kurash olib boribdi. Bu savollarga men javob bera olmayman. Buni rahbariyatdan so'rang.

- Seid Seidov haqida nima deysiz?
- Endi bu chiroyli savol emas-da... Men qanday qilib o'z hamkasbim, bo'lib ham hamyurtim haqida gapirishim mumkin?

- U ham yomon ishlamagan edi.
- Demak, olib qolish kerak edi. Yana qanday savollaringiz bor, bugun kechgacha shu erdaman.
(boshlovchi, gapiringlar gap ichingizda qolib ketmasin, deya OAVga murojaat qildi)

Agamurodov yana so'zida davom etdi: - Men bugun o'yinga kirib kelar ekanman, xuddi "Buxoro"ni tark etmagandek bo'ldim. Barcha meni ilq kutib oldi, xursand bo'ldim. Jamoangizga keyingi o'yinlarda omad tilayman (zalda qarsak).

P.S: SHubhalar bo'lmasligi uchun, mazur matbuot anjumaning MP3 fayli borligini qayd etib o'tamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика