Agamurodov o'rniga Gess - bu to'g'rimi?
11 noy 2013 17:41
Yangiliklar

Agamurodov o'rniga Gess - bu to'g'rimi?
Kuni kecha Tachmurod Agamurodovning "Buxoro" postidan ketishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi.
SHu kungacha mening bilganim, Agamurodovni ikki marotaba olib tashlashni istashdi. Birinchisi chempionat boshida. Agar jamoa "Qizilqum"dan ochko ololmaganida unga chiqish eshiklari ko'rsatilishi lozim edi. Qizig'i shundaki, bu haqda bosh murabbiy ogohlantirilmagan. O'yindan keyin "yaxshi hamki g'alaba qozondingiz, aks holda ketishingiz kerak edi" degan gapni eshitgan xolos. "Paxtakor" bilan bo'lib o'tgan uy uchrashuvidan avval esa jamoa mag'lubiyatga uchrasa murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatilishi kerak edi. Aftidan, uning ketishini istaganlar "Buxoro"ni "Paxtakor"ga yutqazishiga ishonchlari komil bo'lgan va bu haqda uni ogohlantirganlar. Yakunda "Buxoro" Bahriddin Vahobovning yagona goli evaziga g'alaba qozondi va turkmanistonlik mutaxassis o'z joyida qoldi. SHu o'rinda uning mutaxassisligigi haqida. Tachmurod SHamakovich "PRO" licenziyasini bizdagi "kaptarxonada" emas, rosmanasiga adashmasam 2010 yilda Kievda o'qib olgan. Imtihonlarni bo'm-bo'sh stadion va kelishilgan o'yinlarni qamrab olgan O'zbekiston chempionatida emas, rostmanasiga "Dinamo" Kiev ishtirokidagi Evropa chempionlar ligasi o'yinlarida topshirgan. Uning 12 yil avval olib kirgan taktikasini mana shuncha yildirki, birorta o'zimizning "PRO" egasi o'zgartira olmayapti.
Murabbiy yil davomida qo'rqib ishlar ekan, undan hech qanday natija chiqmaydi. Men bu mutaxassisni nafaqat murabbiy, balki shaxs sifatida hurmat qilaman. Uning bu safargi istefosi menga biroz yoqmayroq turibdi. Uzoqqa bormaymiz, 2008 yil jamoa 15 o'rinni olib elitadan chiqib ketishi kerak edi. Ammo quyi ligadan chiqadigan jamoa bo'lmaganligi uchun kuchlilar safida qoldi. Rahbariyat bundan to'g'ri xulosa chiqarmadi va bir yil o'tib jamoa baribir quyi ligaga ravona bo'ldi. Bir yil o'tib "Buxoro" oliy ligada 8-o'rinni band etdi. 2012 yilning iyun oyida Agamurodov jamoani o'z qo'liga oldi va ikkinchi davrada jamoaning o'yini tubdan o'zgardi va 7-o'rinni band etdi. Murabbiy imkon qadar tarkibni mukammallashtirishga harakat qildi. So'nggi yillarda jamoada yoshlarga berilayotgan etibor tushib ketganligi bois murabbiy majburan atrofdan futbolchilarni yig'di. Bu yil esa klub o'z oldiga avvalgi mavsumdagi mavqeini takrorlashi bashorat qilingandi, natija bir pog'ona yaxshilandi. Ammo murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Bu qarorga kelgan rahbariyatga bir savolim bor, "Buxoro" chempionat sovrindorlari "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf" yoki shu kungacha amaldagi chempion bo'lib turgan "Paxtakor"dan qay jabhada ustun? "Olmaliq"da yangi mavsum yangi stadion bo'ladi. Jamoa 6 yildan beri tarkibini mukammallashtirib kelyapti. Futbolchilar oldida qarzi yo'q va murabbiyga imkon beyarpti. "Olmaliq"dan ustunmi "Buxoro"? Yo'q, albatta. Avval rahbariyat murabbiyga imkoni yaratib berishi, kamida 3 yil kutishi keyin qaror qabul qilishi lozim. 1.5 yildan beri shakllanib kelayotgan jamoa keyingi yil qanday ko'rinish oladi? Bizning oliy liga jamoalarimiz kompyuterdagi "RESTART" tugmasiga o'xshaydi. Bironta ishni endi oxiriga etkazay deganingizda, bitta o'yin buziqi keladida, yuqoridagi tugmani bosib yuboradi va hamma ishni yana boshidan boshlashingiz kerak...
Sayt xodimlari tomonidan yoziladigan tahlillar bir tomonning fikridan iborat bo'lib qolmasligi uchun, bundan buyon aksariyat maqolalarga boshqa mutaxassislarning qarashlarini ham qo'shib boramiz.
Behzod Nazarov
Ochig'i, Agamurodov aynan nima sabab tufayli istefoga chiqarilganini bilmayman. Lekin buxoroliklar mavsum yakuniga etishi bilan keyingi mavsum haqida o'ylashni boshlashganining o'zi yaxshi. CHunki murabbiyda jamoani shakllantirish uchun ko'proq vaqt bo'ladi. Ehtimol, "Buxoro" avvalgidek qisqa paslar bilan o'ynashini istashgan holda Gessni bosh murabbiylikka taklif qilishgandir. Uning jamoalari shu uslubda o'ynashidan ko'pchilik xabardor. Bir tarafdan Agamurodov "Buxoro"ni oxirgi 1,5 yilda yana o'rtamiyonalar safiga olib chiqdi.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar