So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Afsus, qanday istedod edi-ya! Yangiliklar

Afsus, qanday istedod edi-ya!

Teglar :  Kayan Prins
Franciyada Evropa chempionati start olishi arafasida jamoatchilik bundan rosa 10 yil avval Angliyada hayotdan ko'z yumgan noyob iqtidor sohibini yod oldi.

Zero, o'sha mashum fojia yuz bermaganida, ehtimol, bu yigit Angliya termasi tarkibida Evro-2016ga borar va inglizlar jamoasi ishtiroki muvaffaqiyatliroq chiqishini taminlarmidi? Ammo taqdir ekan, Kayan Prins o'z yaqinlari va muxlislar xotirasida 15 yoshli navqiron yigitcha sifatida abadiy muhrlandi.

Yangi Uolkott


Mashg'ulotlar yakunlanganiga bir soatdan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsada, KPR akademiyasi stadionidagi 2ta yoritkich hamon nur sochib turardi. Ana shu hayhotdek maydonda qora tanli jussador yigitcha to'p bilan ustozi o'rgatgan yangi fintni tinmay mashq qilardi. Kayan Prins KPR akademiyasiga bundan 2 yilcha avval kelgan va ilk kundanoq 1990 yili tug'ilgan bolalar jamoasida to'purarlik salohiyatini namoyish eta boshlagandi. SHu tariqa yigitcha matbuot vakillari va muxlislar o'rtasida Yangi Uolkott nomi bilan tanildi. Aslida Kayanning o'zi begona nomni umuman yoqtirmasdi. Lekin tabiatan bosiq va odobli bo'lgani uchunmi, bunday murojaatlarga etiroz bildirmay, bosh silkib qo'yardi. Kayan, uyingga jo'na, tun yarmiga yaqinlashib qoldi! - qarama-qarshi tomondan kelgan ovoz yigitchani hushyor torttirdi. U driblingga shunday berilib ketgandiki, stadionda o'zi va ustozi mister Gallendan boshqa hech kim qolmaganini payqamagandi. Jo Gallen esa shogirdiga yangi tryuk ko'rsatgani uchun juda ko'p afsuslandi. CHunonchi, yigitchaning onasi-tarbiyachi Treysi Kamberbetch atigi bir necha kun avval murabbiyga murojaat etib, mashg'ulotlardan keyin o'g'lini olib qolmaslikni iltimos qilgandi. Ayniqsa, mashg'ulotlar jarayoni sal kechroq boshlanadigan payshanba oqshomida. Ammo tirishqoq va qobiliyatli yigitni sevimli mashg'ulotidan ajratib olish oson emasdi-da.

So'nggi mashg'ulot


Projektorlar o'chirilgach, Kayan bir lahzada zimiston og'ushida qoldi. To'pni qo'ltiqlab olgancha kiyinish xonasiga yo'l oldi. U shunchalik toliqqan ediki, yuvinish va kiyimlarini almashtirishga ham kuch topolmadi. O'zing etib olasanmi? - murabbiy Kayanning bu savolga qanday javob berishini yoddan bilardi. Zero, yigitcha har safar samimiy tabassum bilan  bir xil javob qaytarardi: Albatta, ertagacha xayr, ustoz! Xayriyatki, uning uyi stadiondan ikki kvartal narida joylashgandi. Kayan charchoqdan oyoqlarini bazo'r ko'tarayotgan bo'lsada, o'ta baxtiyor edi. Gap shundaki, u atigi bir necha kun oldin KPR bilan ilk professional shartnomasini tuzgan va iyul oyida asosiy tarkib bilan yig'inga yo'l olishini yaxshi bilardi. Ustozi ketgach, yigitcha ozgina tin olgach, sumkasini elkasiga ildi va kiyinish xonasini qulflab, kalitni soqchida qoldirdi. SHundan so'ng akademiya eshigini yopdi. So'nggi marta...

Ko'chaga chiqqan Kayan biroz to'xtab, sumkasidan suv idishini oldi. Atrofda sukunat hukmron, hech kim yo'q. 1-2 qultum suv ichgan futbolchi onasini qanchalik xavotirlanayotganini ko'z oldiga keltirdi. Lekin shu onda otasi - sobiq bokschi Mark Prins uning yonini olishi va o'g'lini tirishqoqligi uchun maqtashini o'ylab, beixtiyor jilmaydi va shirin o'yga toldi: Hechqisi yo'q, tez orada chinakam yulduzga aylanaman va ota-onamni shimoliy-g'arbiy Londondan markazga ko'chirib o'taman. SHundan keyin onam umuman asabiylashmaydigan, osuda hayot kechiradigan bo'ladi....

Darvoza yonidagi g'anim


Kutilmaganda, maktabni qurshab turgan butazor ortidan kimningdir ingragan ovozi eshitildi. Sergak tortgan Kayanning ko'zlari kimnidir tepkilayotgan yigitga tushdi. O'sha zahoti suv idishi va sumkasini erga tashlab, yordamga oshiqdi. Butsalardan chiqayotgan qadam tovushlarini eshitgan bezori biroz kalovlanib qoldi. U quyi sinfda tahsil oladigan Kayanni darhol tanidi. CHunki qahramonimiz obro'-etiboriga hasad qilib, undan nafratlanardi. Kayan baquvvat gavdasi bilan nafaqat tengdoshlari, balki o'zidan katta yoshli ko'plab tarbiyalanuvchilardan ham kuchliroq edi. SHu bois, doimo nimjonroq o'quvchilarni zo'ravonlardan himoya qilardi. Undan bir yosh katta bo'lgan Hannad Hassan esa bir necha yil avval Somalidan Angliyaga ko'chib kelgan, doimo bolalarni qaqshatib, o'qituvchilarni haqoratlardi.  U bir oycha muqaddam sinfdoshi bo'lmish qizga pichoq o'qtalib, jarohat etkazgach, maktabdan haydalgandi. SHundan so'ng mahalliy bezorilar to'dasiga qo'shilib ketgan bo'lsada, bazan maktabga kelib turardi. Tabiiyki, Hassan akademiyaning faxriga aylangan Kayanni azaliy raqib hisoblar, uning devoriy gazetalardagi suratlariga qarasa, nafrati qo'zg'ardi. Hannadga ayniqsa, uning tez orada futbol yulduzi bo'lishi tinchlik bermasdi. Qarangki, ana shu ashaddiy raqibi o'z oyoqlari bilan qarshisiga kelib turibdi...

Onaga yo'llangan vidolashuv iltijosi


Albatta, Hassanning yaqinlari undagi tajovuzkorlik illatini bartaraf etish uchun rosa yugurib-elishdi, hattoki, maxsus shifoxonada davolamoqchi bo'lishdi. Ammo Hannad biror davolash kursiga borgani yo'q. U mashhur bezorilar oilasining tasiriga tushib ulgurgandi. Mazkur to'da Londonning shimoliy-g'arbiy hududida o'z hukmronligini o'rnatgandi. U sportdan butunlay voz kechgan Hassanni ham o'z domiga tortdi. London policiyasi malumotiga ko'ra, jinoiy guruhga azo bo'lishni istagan kishidan kimnidir pichoqlash orqali unga loyiq ekanligini isbotlash talab etilardi. Xullas, Hassan shu shartni o'ylab, Kayanni ko'rgan zahoti do'pposlayotgan yigitni unutdi, cho'ntagidan qizil dastali pakkisini chiqarib, qahramonimizga tashlandi. Keskin harakatdan muvozanatni yo'qotgan Kayan gursillab erga yiqildi, boshi betonga urilib, hushini yo'qotdi. Biroq bezori shu bilan kifoyalanib qolmadi - pichoq bilan yana 2 marta zarba berdi. Oqibatda Kayanning ko'ksi qip-qizil qonga bo'yaldi. Buni ko'rgan Hassan qo'rqganidan pichoqni sug'urib olishni unutgan holda, qochib ketdi. Afsuski, u do'pposlayotgan haligi yigit ham shok holatida es-hushini yo'qotib qo'ydi - o'rnidan turdiyu, quyon bo'ldi. Vaholanki, zudlik bilan Tez yordamga qo'ng'iroq qilishi, bu bilan yordamga oshiqqan Kayan hayotini saqlab qolishi mumkin edi. Axir Kayan aynan u tufayli qonga belandi-ku.

Albatta, keyinchalik ushbu qo'rqoq guvohni ham qidirib topishdi. Uning takidlashicha, malum muddat hushsiz yotgan Kayan o'ziga kelgan va so'nggi kuchlarini to'plab, quyidagi so'zlarni shivirlagan: Oyijon, men sizni juda yaxshi ko'raman! Iltimos, mana shu gaplarimni oyimga etkaz.

SHunchaki, o'yinchoq


Ertasiga policiya xodimlari...


Maqolaning davomini "InterFutbol" gazetasi sayti orqali o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика