So’nggi yangiliklar

18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  10 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  5 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3

Afsonaviy sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev hozir qaerda? Yangiliklar

Afsonaviy sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev hozir qaerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

Futbol translyaciyalarsiz bugungi darajasiga chiqolmasdi. Inglizlar ixtiro qilgan o'yin muxlislar qalbidan o'rin egallashida sharhlovchilarning hissasi futbolchilardan kam emas. Etibor qilgan bo'lsangiz, so'nggi yillarda ishqibozlar orasida aynan sharhlovchilarga nisbatan etirozlar ko'payib ketdi. Buni mazkur sohani cho'qqiga olib chiqqan katta avlod vakillarining sharhni tark etgani bilan izohlash mumkin. 

Ruknimizning oldingi sonlaridan keyin saytimiz mushtariylaridan bir nechta murojaatlar kelib tushdi. Ular ustoz jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaevning ayni paytda nima bilan band ekaniga qiziqishgan. Kimdir bilan sharhlovchilik masalasida suhbatlashgan bo'lsangiz, bu savol sizga ham berilgani shubhasiz. SHu tufayli oxirgi paytlar oynayi jahonda ko'rinish bermay qo'ygan Mirzahakim aka haqida malumot berishga qaror qildik.

Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlovchilikdan ketgan bo'lsalar-da, "sport qozonida qaynashda" davom etmoqdalar. Ustozimiz ayni paytda "Sport", "Sport+" (rus tilida), "O'zbekiston futboli" gazetalarining bosh muharriri, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universiteti docenti hisoblanadilar. Mirzahakim aka vaqtlarining asosiy qismini bo'lajak jurnalistlarga tahsil berib, boy tajribalarini ular bilan bo'lishishga sarflamoqdalar.

Quyidagi videolavhada O'zbekiston milliy jamoasining Qatarga qarshi 2011 yilgi Osiyo chempionatining ochilish o'yinida sodir bo'lgan xavfli vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin. Albatta, Mirzahakim To'xtamirzaev ijrosidagi super sharhda!

P.S.: Mirzahakim aka "Championat.asia" va "Olamsport.com" saytida faoliyat yurituvchi barcha jurnalistlarning bevosita ustozi hisoblanadilar.

Qadrli muxlis, kelgusi safar yana kimlar haqida malumot berishimizni istaysiz?

"Paxtakor"da o'ynagan portugal, isroillik va braziliyalik futbolchilar hozir qaerda? 

Muallif :
Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика