Afsonaviy "San-Siro": paydo bo'lishi, xo'jayinlari va "Uzuklar hukmdori" haqida
02 iyu 2019 23:00
Yangiliklar
Afsonaviy "San-Siro": paydo bo'lishi, xo'jayinlari va "Uzuklar hukmdori" haqida
Sanatni chinakamiga tushunadigan insonlar arenani “La Skala futbol” deb atashadi. Taxminan bir asr davomida bu erda haqiqiy futbol o'yinlari o'tkazildi. Biz tanigan va sevgan buyuk futbolchilar ham aynan shu stadionda to'p tepdi. Lekin afsuski, arena yaqin kunlarda butunlay buzilishi mumkin. Sababi, Milanning ikki klubi innovaciyaga qo'l urdi, natija esa afsonaviy inshootning yo'q bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bugun “San-Siro” bilan bog'liq bo'lgan ajoyib voqealarni yodga olib, unga oid qiziqarli faktlarni etiboringizga taqdim etmoqchimiz.
Aslida gap nimada?
“San-Siro” bilan bog'liq bu savollar bir necha bor ko'tarilgan. “Milan” ham, “Inter” ham u erdan ketib, o'ziga yangi arena barpo etmoqchi bo'lgan. “Qizil-qoralar” hattoki, bir necha yil oldin o'z loyihalarini ham taqdim etgan, ammo bazi sabablar tufayli reja amalga oshmagan. SHunga o'xshash yondashuvlar talaygina. Tomonlar afsonaviy, lekin manaviy jihatdan eskirib qolgan binodan nafaqat qochish, balki uni zamonaviylashtirish xususida ham har ikki klubni qoniqtiradigan echimlar haqida suhbatlashishdi.
Biroq qayta tamir uchun millionlab pul sarflagandan ko'ra, uni buzib tashlab, yangi arena qurish ularga osonroqdek tuyuldi, nazarimizda. Ammo uzoq vaqtgacha bu borada bir to'xtamga kelolmadilar. Bunga asosiy sabab, Milan grandlari o'rtasidagi mushkul korporativ holat bo'ldi. Klublar bir rahbardan ikkinchi rahbar qo'liga o'tdi. Ular esa vaziyatni yana qayta-qayta muhokama qilaverdilar. Lekin “Inter”ning xitoylik, “Milan”ning esa amerikalik xo'jayinlari boshqaruv idorasida tartib o'rnata olishmadi. Endi esa infratuzilma investiciyalarida keskin qadam tashlashga tayyor turibdilar.
Barcha janjal “Milan” prezidenti Paolo Skaronining quyidagi so'zlaridan keyin boshlandi: “Bizda yangi “San-Siro” bo'ladi. Yangi arenani eski inshoot yonida barpo etamiz. Avvalgi bino asta-sekinlik bilan buzib tashlanadi va uning o'rnida yangi obektlar qad rostlaydi”. Buni “Inter” direktori Alessandro Antonello ham tasdiqladi. SHundan so'ng, ushbu xabar rost ekaniga ishonch hosil qilindi. Klublar yangi arena qurish uchun taxminan 700 million evro ajratishmoqda va yangi arenani yana o'zaro bo'lib olishga kelishishdi. Stadion ochilishi 2022 yil bo'lib o'tishi kutilmoqda.
“San-Siro”ning paydo bo'lishi
Pero Pirellining yordami bilan stadion qurilishi boshlangan edi. U “Milan” prezidenti bo'lgan. U “qizil-qoralar” arenadan o'z uyi sifatida foydalanishi uchun 5 million lira to'lagan. “San-Siro” stadioni Ulisse Stakkini va Alberto Kugini tomonidan loyihalashtirilgan: 1925 yil 1 avgustdan inshoot qurilishi boshlandi va juda tezlik bilan nihoyasiga etkazildi. Bunga qadar “Milan” o'sha erdagi kichik maydonlarda uy o'yinlarini o'tkazishga majbur bo'lgan.
Fakt: bugungi kunda stadionga ikki klub egalik qilishiga qaramay, u birinchi bo'lib “qizil-qoralar"ga tegishli bo'lgan. “Neradzurri” arenaga keyinroq kelib joylashgan. Ammo barchasi tartib bilan amalga oshirilgan. Avvaliga “San-Siro” ingliz stadionlariga o'xshash tarzda qurilgan: 4ta tribuna, 1tasining usti yopiq, sig'imi 35 000 kishiga mo'ljallangan. Arena 13 oy davomida qurilgan.
Noyob jamoa
“San-Siro” stadioni 1926 yilning 19 sentyabrida tantanali ravishda ochilgan, ilk uchrashuv “Milan” - “Inter” derbisi bo'lgan. O'shanda mehmonlar 3:6 hisob bilan g'alaba qozongan. Aynan o'sha kundan buyuk bahslarga start berilgan. Bugungi kunda ham Milan derbisi muxlislar o'rtasida katta qiziqishlarga sabab bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, bu bejizga emas! So'nggi yillarda “Milan” xodimlariga bildirilayotgan tanqidlar ko'paygan.
“Milan” yangi stadiondagi ilk bahsda mag'lub bo'lganiga qaramay, tarixda bir ajoyib voqea qayd etilgan. O'sha uchrashuvdan bir necha kun o'tib, jamoalar yana maydonga tushdilar, ammo birgalikda: “neradzurri”ning 8ta, “rossoneri”ning 3ta o'yinchisi bir jamoa bo'lib, “DFK Praga”ga qarshi o'ynashdi va 4:1 hisob bilan g'alaba qozonishdi.
“San-Siro” xo'jayinlari
Ko'plab muxlislar “San-Siro” arenasi ikki klubga tegishli deb o'ylaydi. Ammo bunday emas. Pero Pirelli qarori bilan barpo etilgan stadion 1935 yilgacha “Milan”ga tegishli bo'lgan. Keyinchalik u shahar hokimiyatiga sotib yuborilgan. Ular esa darhol qayta tamirlash ishlarini boshlab yuborishgan. SHahar hokimiyatining birinchi buyrug'i stadionga yoy shaklidagi sektorlar qo'shish bo'lgan. Bu sektorlar 4ta tribunani bir-biriga ulab turishi kerak edi. Bu narsa o'rindiqlar sonini 20 mingga oshirish imkonini bergan. Milan shahri hokimiyati hamon “San-Siro”ga egalik qiladi, klublar esa ijara haqi to'laydilar. Mana shu narsa ham klublar u erdan ko'chib ketishlariga sabab bo'lmoqda.
Xalqaro tajriba
“San-Siro” shahar hokimiyatiga sotib yuborilishidan bir yil avval, u erda xalqaro o'yin tashkil qilingan. 1934 yilgi Jahon CHempionati yarim finali doirasida arenada Italiya va Avstriya (1:0) o'rtasidagi bahs bo'lib o'tgan. Lekin keyin o'yinlar to'xtatilib qo'yildi, sababi II jahon urushi boshlandi. 1946 yil 1 dekabrdan yana bahslar o'tkazilishiga start berildi. O'sha kuni Italiya milliy terma jamoasi yana avstriyaliklar bilan uchrashdi va 3:2 hisob bilan g'alaba qozondi.
Qo'shnilar
1947 yil “Inter” butunlay “CHivik Arena”dan ketdi va “San-Siro”ga ko'chib o'tdi. Ular 1947-1948 yilgi chempionatdagi ilk o'yinini sentyabr oyida o'tkazadilar. O'shanda ularning birinchi raqibi “Modena” (1:1) klubi bo'lgan.
“Uzuklar hukmdori”
SHahar urush oqibatlarini asta-sekin unuta boshlarkan, hukumat vakillari ikkinchi uzuk loyihasini ishlab chiqishdi. Lekin 1954 yilda qazish ishlarini boshlab, tabiiy qarshilikka duch keladilar: drenaj tizimini yaratishda muammolar paydo bo'ladi. “Milan” va “Inter” bir muddat oddiyroq maydonda to'p tepishlariga to'g'ri kelgan. Ammo 1955 yil sentyabr oyiga kelib barchasi hal bo'ladi va qurilish ishlari yakuniga etkaziladi. Lekin tomoshabinlar soni avval reja qilinganidek, 100 ming emas, balki 85 minggacha tushurildi. Biroq “San-Siro” ajoyib ko'rinishga ega bo'ldi.
Tungi “San-Siro”
1957 yilgacha stadionda hech qanday yoritgich chiroqlari bo'lmaganini bilasizmi?! O'sha yilning 23 avgustidan “San-Siro” maydonini 180ta projektorlar yorita boshladi. SHu kuni “Milan” va “Fiorentina” (4:0) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan edi. Aynan shu voqea ham kechki payt, ham tunda uchrashuvlar tashkil qilish imkonini berdi.
“Inter” bu ishga hech qanday yordam bergani yo'q. “Milan” xarajatlarning barchasini o'z zimmasiga oldi. SHahar hokimiyati bunga javoban, “qizil-qoralar”ning tungi bahslari uchun olinadigan pullarni bekor qildi. Oradan o'n yil o'tib, muxlislar stadionda ilk bor elektron tabloni ko'rishga muvaffaq bo'ldilar.
Stadion yonidagi halqalar
1990 yilgi Jahon CHempionatidan oldin Milan xo'jayinlari arenada keng miqyosdagi qayta tamirlash ishlarini boshlash haqida o'ylab qoldilar. “San-Siro” uchinchi yarusga ega bo'lishi kerak edi, lekin shahar hokimiyati, turli jamoalar hamda Milan klublari o'rtasida katta bahs-munozaralar kelib chiqdi. “Qizil-qoralar”ning o'sha vaqtdagi prezidenti Silvio Berluskoni o'z klubi uchun yangi arena qurish haqida ham obdon o'ylab ko'rgan. Buni qarangki, arxitektor Jankarlo Ragaccining loyihasini hayotga tadbiq qilish nasib qilgan ekan.
Agar “San-Siro”ning so'nggi yillardagi suratlariga etibor bersangiz, arxitektorlarning ishi yaqqol namoyon bo'ladi. Unda stadionning ikki yoniga halqa ko'rinishidagi obekt qurildi. Qayta qurish ishlari 1990 yilning 2 iyunida nihoyasiga etdi. Buning uchun 180 milliard lira sarflandi.
Stadionning ikki nomi
“Milan” muxlislari arenani “San-Siro” deb atashlariga qaramay, aslida stadionning rasmiy nomi boshqacharoq. 1980 yil 3 mart kuni stadion afsonaviy italiyalik futbolchi sharafiga “Juzeppe Meacca” deb nomlangan.
Juzeppe Milanning ikki klubida ham o'ynab, muxlislar qalbidan joy egallagan. Ammo nima uchun bu nom “qizil-qoralar”ga yoqmaydi?! Gap shundaki, Juzeppe Meaccani ko'proq “Inter”dagi bahslari bilan yodga olishadi. Sababi, faoliyatining asosiy qismini “neradzurri” tarkibida o'tkazgan futbolchi 3 bor Italiya chempionatida ham g'alaba qozongan. Qizig'i shundaki, “Milan” ishqibozlari arenani “San-Siro”, “interchilar” esa — “Juzeppe Meacca” deb ataydilar.
Stadionda faqat futbol o'ynashmaydi
“San-Siro” asosan futbol maydoni bo'lsa-da, u erda boshqa sport tadbirlari ham o'tkaziladi. Bundan tashqari, jahon yulduzlari ishtirokidagi koncertlar ham tashkil qilinadi (bugungi kunda ham). Masalan, bokschilar Duilio Loi va Karlos Ortis o'rtasida Jahon CHempioni maqomi uchun jang bo'lib o'tgan. O'shanda stadionga 53 000 muxlis tashrif buyurgan. Yana bir yorqin misol — Bob Marli. Buyuk bastakor faoliyati davomida atigi bir marta Italiyaga gastrol safari uyushtirgan. Koncert aynan “San-Siro”da bo'lib o'tgan (90 000 odam).
Endi nima bo'ladi?
Milan klublari bir qarorga kelib, buni ommaga ham rasman elon qilganlariga qaramay, shahar meri Juzeppe Salla grandlarni hovuridan tushurib qo'ydi: “Stadion shahar hokimiyatiga tegishli. Agar “Milan” va “Inter” yangi stadion qurmoqchi bo'lsa, bunga ancha vaqt kerak bo'ladi. Arena uchun biz masulmiz. Yodingizda bo'lsa, Olimpiada-2026 ochilish marosimi “San-Siro” bo'ladi deb vada berib qo'yganmiz.
Ha, do'stlar, 2026 yilgi qishki Olimpiada o'yinlari Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlarida bo'lib o'tadi. Aynan shuning uchun ham, hamkasblarimiz bu rejani 7 yildan keyin amalga oshirishlariga to'g'ri keladi. So'nggi kunlardagi so'rov natijalariga ko'ra, ommaning asosiy qismi inshoot eskirib qolganiga qaramay, afsonaviy arena buzilishini istamayapti. Ertami kechmi, uning ham davri tugaydi. Unga qadar stadion ko'rkidan bahra olib yashash darkor!
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar