So’nggi yangiliklar

15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  0 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11

Afsonaviy Bobbi CHarlton Angliya terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi + FOTO Yangiliklar

Afsonaviy Bobbi CHarlton Angliya terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi + FOTO

SHu kunlarda butun dunyo bo'ylab milliy terma jamoalar JCH-2018 saralash doirasidagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

SHu jumladan, Evropa qitasida saralashning "F" guruhida 20 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan Angliya terma jamoasi ham. Garet Sautgeyt bosh murabbiyligidagi inglizlar 5 oktyab sanasida Sloveniyani uyda qabul qilishsa, 8 oktyabrda Litva mehmoni bo'lishadi. Inglizlar guruhda yana bitta g'alabani qo'lga kiritishsa Jahon chempionati masalasini rasman hal etishgan bo'lishadi. Ayni paytda jamoa ana shu ikki bellashuvga tayyorgarlikni boshlagan. Kecha Angliya terma jamoasi mashg'ulotiga afsonaviy futbolchi ser Bobbi CHarlton tashrif buyurdi.


Angliya terma jamoasi endilikda aynan Bobbi CHarlton nomi berilgan maydonda mashg'ulot o'tkazadi.


Ser Bobbi jamoaning mundialga chiqishi mumkinligini nazarda tutib o'yinchilarga murojaat qildi va shunday dedi: - Umid qilaman, sizlar menga hayotimdagi eng ajoyib xotiralardan birini taqdim etasizlar.


"Bizda hech qachon bunday imkoniyatlar bo'lmagan, umid qilaman siz buni qadriga etasiz. Men futbolchi bo'lganimda har daqiqani sevardim, kunning har daqiqasini", - dedi CHarlton.


Ser Bobbi CHarlton 11 oktyabr kuni 80 yoshni qarshi oladi. SHu sabab inglizlar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o'yinchilarning imzosi va 80 raqami tushirilgan terma jamoa futbolkasini sovg'a qildi.


Ueyn Runi terma jamoadan ketganidan so'ng Xarri Keyn asosiy yulduzlardan biriga aylandi. Kechagi mashg'ulotda futbolchilardan aynan Keyn CHarltonning oldiga borib u bilan suhbatlashdi. Vaholanki, Keyn hali rasman terma jamoa sardori deb elon qilinganicha yo'q. Lekin, shunga qaramay "Tottenxem" hujumchisi odatda sardorlarga hos harakatni amalga oshirdi.


Sautgeyt va CHarlton o'zaro suhbatlashishmoqda.


Angliya terma jamoasi o'tmishi va buguni.


Angliya terma jamoasi o'tmishi va kelajagi.



Yakunda hamma birgalikda umumiy suratga tushishdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика