Afshin Ahmadi: "Eron klublari hozir unchalik kuchli emas"
23 fev 2015 15:52
Yangiliklar

Afshin Ahmadi: "Eron klublari hozir unchalik kuchli emas"
SHu vaqtga qadar Eronning "Fulad" klubida ishlab kelgan taniqli jurnalist Afshin Ahmadi ertangi o'yinlar oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi:
"OCHL - jiddiy musobaqa, bunda har bir jamoa g'olib chiqishni xohlaydi. Lekin bu yilgi OCHLda ishtirok etayotgan Eron klublarini kuchli deya olmayman. Ertaga "Paxtakor" o'z maydonida "Naft Tehron" bilan kuch sinashadi. "Naft" hozir turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. Bu jamoa tarkibida Rizoyi, Padovani va Beyranvad singari kuchli futbolchilar bor. "Naft" asosan qisqa paslar orqali o'ynashni xush ko'radi".
"Nasaf"ning 1-turdagi raqibi "Traktorsozi" ham o'ziga yarasha kuchli klub. Bu jamoa tarkibida braziliyalik Edino eng xavfli futbolchi hisoblanadi. U hozir Eron chempionatida 14ta gol bilan bilan to'purar bo'lib turibdi. Bundan tashqari, Mehdi Kiani bilan Saman Narimon Jahonni ham unutmaslik lozim".
"Umuman olganda, o'zbek klublari har doim Eron jamoalariga qarshi omadli o'ynashgan. O'ylashimcha, hozir Eron jamoalari unchalik kuchli emas, shuningdek o'zbek klublarini ham oldingidek kuchli deya olmayman. Menimcha, o'zaro o'yinlarda ko'proq durang qayd etilsa kerak".
X.Xoliqov.

Fikrlar