Afrika Millatlar Kubogi-2019. Musobaqaning ikki karra g'olibi debyutant Madagaskarga yutqazdi
07 iyu 2019 23:40
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. Musobaqaning ikki karra g'olibi debyutant Madagaskarga yutqazdi
Bahs asosiy bo'limlari 2:2 hisobida yakunlandi. Ekstrataymlarda esa darvozalarga boshqa gol kritilmadi. O'yindan keyingi futbol lotereyasida musobaqa debyutanti Madagaskar omadliroq chiqdi va Afrika Millatlar Kubogining ikki karra g'olibini taslim etishga erishdi.
Madagaskarning keyingi bosqichdagi raqibi esa ertaga bo'lib o'tadigan Gana – Tunis uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Bugun shuningdek, 1/8 finaldan o'rin olgan Jazoir – Gvineya bahsi (Tosh. vaqti – 00:00) ham o'tkaziladi.
Madagaskar – Kongo DR 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0)
«Alexandria Stadium»
Gollar: 1:0 – 9 Amada, 1:1 – 21 Bakambu, 2:1 – 77 Andriacima, 2:2 – 90 Mbemba.
Penaltilar seriyasi: 4:2
Madagaskar – Adrien, Razakanantenaina, Fonten, Metanir, Raveloson (Andrianarimanana, 58), Nomendjanaxari (Kaluan, 89), Abel, Mombris, Andriacima (Rakotoxarimalala, 112), Andriamacinoro (Morel, 105), Amada.
Kongo DR – Matampi, Mbemba, Tisseran, Mpeko, Mulumbu (Bokadi, 67), Ngonda, Akolo (Bolazi, 70), Moke (Elia, 46), Magoma, Bakambu, Assombalonga (Mpoku, 90).
Ogohlantirishlar: Mulumbu (45), Mpeko (97), Morel (113).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar