Afrika kubogining eng yoshi katta futbolchisi kim?
18 jan 2017 03:02
Yangiliklar
Afrika kubogining eng yoshi katta futbolchisi kim?
Misr terma jamoasining 44 yoshli darvozaboni Al Xadari Afrika kubogi tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi sifatida qayd etildi.
U musobaqaning guruh bosqichi 1-turida Mali terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushdi. Al Xadari bellashuvning 25-daqiqasida misrliklarning asosiy posboni Ahmad Al SHenavi o'rniga maydonga tushdi.
SHu tariqa ikki kun oldin 44 yoshini qarshi olgan posboni musobaqa tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi.
Bundan avvalgi rekord Al Xadarining yurtdoshi, hujumchi Xossam Hasanga tegishli bo'lib, u 2006 yilgi Afrika kubogi bahslarida maydonga tushganida 39 yoshu, 5 oy, 24 kunli bo'lgandi.
Takidlash joizki, Al Xadari ettinchi marotaba ushbu turnirda qatnashmoqda. Bu borada rekord kamerunlik Rigober Songga tegishli (8 marta).
O’xshash yangiliklar
12:24
2024 yilda "Bunyodkor"ning smetasi qancha bo'lgandi? Klub bosh direktori aniq raqamni aytdi 13
Fikrlar