AFE Ispaniya chempionati to'xtatilishini tasdiqladi
08 may 2015 10:18
Yangiliklar


AFE Ispaniya chempionati to'xtatilishini tasdiqladi
Bu haqda AFE prezidenti Luis Rubiales malum qildi.
"Futbolchilar turnir to'xtatilishiga rozi. Bu kuchimizni namoyish etish emas, biz o'z huquqimizni himoya qilyapmiz" - deydi Rubiales.
Futbolchilar teletranslyaciya huquqidan tushgan mablag'larning taqsimlanishidan norozi. Ispaniya hukumati qabul qilgan yangi qonunga ko'ra, tushgan daromadning 90%ni yuqori liga va 10%ni ikkinchi liga vakillariga bo'lib beriladi.
Ispaniya futbol federaciyasining (RFEF) takidlashicha, hukumat tomonidan maslahat ishlari o'tkazilmagan. Kasaba uyushmasi quyi ligalarning qiziqishi hisobga olinishini talab qilmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa 16 maydan Ispaniyadagi barcha chempionatlar to'xtatiladi. Demak, Primeroning so'nggi ikki turi hamda "Atletik" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi finali ham o'tkazilmasligi mumkin.

Fikrlar