Adriano Galliani "Milan" nima uchun mag'lub bo'lgani haqidagi fikrlarini bildirdi
06 dek 2013 17:22
Yangiliklar


Adriano Galliani "Milan" nima uchun mag'lub bo'lgani haqidagi fikrlarini bildirdi
"Milan" vice-prezidenti Adriano Galliani jamoa mag'lubiyatlari va etakchi futbolchilarning jarohatlari orasida doimo bog'liqlik bor ekanini takidladi.
"Har doim ham futbolchilar jarohatlari jamoa natijalariga tasir o'tkazadi. Masalan "Barselona"ni olaylik. Ular "Ayaks" va "Atletik"ga mag'lub bo'lishdi. Bu tasodif emas. Messining jarohati kataloniyaliklar o'yiniga salbiy tasir ko'rsatdi. SHunga o'xshash vaziyat so'nggi vaqtlarda "Milan"da ham kuzatiomoqda. Biz bir necha etakchi futbolchilarimiz xizmatlaridan foydalana olmay qoldik va bu bizning natijalarimizga tasir o'tkazmay qolmadi", deya uning so'zlaridan "Sky Sport Italia" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar