Adriano Galliani: “Matri sotilmaydi”
10 jan 2014 10:05
Yangiliklar


Adriano Galliani: “Matri sotilmaydi”
“Milan” klubi vice-prezidenti Adriano Galliani, hujumchi Alessandro Matrini sotilishi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi.
Gallianining so'zlariga ko'ra, Matri sotilmaydi va “Milan” hech bir klub bilan o'yinchining transferi bo'yicha muzokara olib bormayapti.
Avval berilgan xabarlarda 29 yoshli hujumchiga “Sampdoriya” qiziqayotgani aytilgan edi.
Eslatib o'tamiz, “Milan” Matrini “Yuventus”dan 11 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar