Adnan Yanuzay: Yana ko'p gol urishga umid qilaman
15 avg 2015 09:30
Yangiliklar


Adnan Yanuzay: Yana ko'p gol urishga umid qilaman
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Adnan Yanuzay Aston Villaga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Uzoq vaqt o'ynamadim, shu bois jismoniy holatim yaxshi emas, ammo g'alaba keltirgan golni urganimdan xursandman.
Umid qilamanki, oldinda meni yana ko'p o'yinlar va gollar kutib turibdi, - deydi Yanuzay.
20 yoshli belgiyalik futbolchi 1169 daqiqa davom etgan golsiz seriyaga barham berdi. So'nggi bor Yanuzay 2014 yilning 5 aprelida Nyukaslga qarshi bahsda gol urgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar