So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Adnan Oraxovac: "Paxtakor"ni tanlashimda Sanibal katta rol o'ynadi" Yangiliklar

Adnan Oraxovac: "Paxtakor"ni tanlashimda Sanibal katta rol o'ynadi"

O'tgan hafta Toshkentning Paxtakor jamoasi rahbariyati chernogoriyalik Adnan Oraxovac bilan shartnoma imzoladi.
Himoyachi dekabr oyida Toshkentga kelgan va o'tgan vaqt mobaynida murabbiylar ko'rigidan o'tayotgandi. Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga uning o'yini maqul keldi va u endi yangi mavsumda "Paxtakor" sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Oraxovac bungacha CHernogoriyaning "Buduchnost", Serbiyaning "Edinstvo" klublarida to'p tepgandi. 24 yoshli himoyachi aynan Buduchnost safida CHernogoriya chempioni va kubogi sohibiga aylangan. SHu kunlarda chernogoriyalik futbolchi "Paxtakor" tarkibida Turkiyada tashkil etilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etyapti. Etiborlisi, Qozog'istonning "Jetisu" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda jamoasining ilk goliga ham mualliflik qildi. Biz ana shu o'yindan so'ng Adnan Oraxovacdan intervyu oldik.

- Adnan, avvalo kiritilgan gol bilan tabriklayman.
- Rahmat. Jamoam g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursandman. Bu gol nazorat uchrashuvida kiritildi. O'ylaymanki, rasmiy o'yinlarda ham o'z gollarim bilan "Paxtakor" muxlislarini xushnud etaman.

- Yangi jamoa, yangi muhitga o'rganib qoldingizmi?
- Dekabr oyida jamoa mashg'ulotlariga qo'shilgandim. Hozir hammasi joyida. O'zimni xuddi bir-ikki yil shu tarkib bilan birga o'ynagandek xis qilyapman. Yigitlar ham meni qo'llab-quvvatlashyapti.

- "Paxtakor" bilan necha yillik shartnoma imzoladingiz?
- Uch yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim. Agar hammasi joyida bo'lsa, o'zaro kelishuvga ko'ra uni yana uzaytirishimiz mumkin.

- Taklifning o'zi qachon bo'lgandi?
- Jamoa menejeri Samvel Babayan menga qo'ng'iroq qilib, jamoa tarkibida o'zimni sinab ko'rishni taklif qildi. Babayanga bu taklifni agentim Sanibal Oraxovac bergandi.

- Adashmasam, Sanibal qarindoshingiz bo'ladi.
- Xuddi shunday. U amakimning o'g'li bo'lib, ayni paytda menga agentlik qilyapti. O'z vaqtida "Paxtakor" tarkibida ham o'ynagan.  

- Sanibal hozir futbol o'ynamayaptimi?
- Yo'q. U o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunladi. Hozirda o'zini futbol agenti sifatida sinab ko'ryapti.

- "Paxtakor"ga CHernogoriyaning "Buduchnost" jamoasidan kelib qo'shildingiz. Sizda boshqa takliflar ham bormidi?
- Podgoricaliklar bilan shartnomam yakuniga etgandi. Ha, takliflar bor edi. Lekin Sanibalning taklifi bilan "Paxtakor"ni tanladim. Bu jamoa o'tgan mavsumda O'zbekiston chempioni bo'lgani ham qaror qabul qilishimda muhim omil sifatida xizmat qildi. SHuningdek, "Paxtakor" Osiyo CHempionlar ligasida ham ishtirok etadi. Bu musobaqada o'ynash meni qiziqtirib qo'ydi. Mana shu ikki asosiy omil shartnomaga imzo qo'yishimga zamin yaratdi. Hozir jamoada meni barcha narsa qoniqtiryapti.

- Qaysi raqamni tanladingiz?
- Hozircha tanlamadim. Lekin 4-raqamni berishlaridan umidvorman. Bir necha yil davomida bu raqam ostida Boyan Miladinovich muvaffaqiyatli to'p tepdi. Umid qilamanki, bu raqam menga ham omad keltiradi. Boyanni yaqindan taniyman. U bilan ham maslahatlashdim.   

- Toshkent yoqdimi?
- Bo'lmasamchi, juda ham chiroyli shahar ekan. Jamoadoshlarim hali bahor va yoz kelsin, yurtimizning chiroyidan og'zing ochilib qoladi, deyishdi.

- Kimlar bilan yaqindan do'stlashishga ulgurdingiz?
- Murabbiylarimizdan Dukich, shuningdek, Lobanov, Merzlyakov bilan juda yaxshi do'stlashib oldik. Yuqorida aytganimdek, meni jamoada juda iliq tarzda kutib olishdi. Yangi futbolchi uchun eng muhim ham shu.

- Murabbiy haqida fikringiz qanday?
- Juda yaxshi. Mashg'ulotlarni ko'tarinki ruhda olib boryapti. Ajoyib inson.

- Qaerda yashayapsiz?
- Antaliyaga kelgunimizcha, Dukichning kvartirasida yashayotgandim. Bilishimcha, u jamoani tark etibdi. Toshkentga qaytgach, o'zimga alohida kvartira beramiz deyishyapti.

- SHu paytgacha siz Evropa futbolidan bahra olayotgandingiz. Osiyo va Evropa futboli o'rtasidagi farq ko'zga tashlana boshladimi?
- Hali katta farq tashlanmadi. O'rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilar katta kuch bilan harakat qilishmaydi. Tabiiyki, bunda to'laqonli baho berishning iloji yo'q. Menimcha, tafovut juda ham katta bo'lmasa kerak. So'nggi yillarda Osiyo futboli ancha o'sdi. Jahon chempionatlarida ushbu qita terma jamoalari ijobiy natijalarni qayd etishyapti. Dunyoning ko'zga ko'ringan yulduz futbolchilari Osiyo klublarida to'p tepishyapti.

- Adnan, sizga yangi mavsumda yangi jamoa tarkibida muvaffaqiyatli ishtirokni tilab qolamiz.
- Sizga ham rahmat. Yangi mavsumda "Paxtakor" jamoasi g'alabalariga xissamni qo'shishni astoydil maqsad qilganman. Buning uchun bor kuchimni safarbar qilaman.   


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика