So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  34 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Adnan Oraxovac: "Maydonda borimizni beramiz" Yangiliklar

Adnan Oraxovac: "Maydonda borimizni beramiz"

"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin "Paxtakor"ning chernogoriyalik himoyachisi Adnan Oraxovac o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

"SHerlar" ayni paytda tig'iz taqvim ostida o'yinlar o'tkazishmoqda. Qo'qonliklar bilan bellashuvga tayyorgarlik xususida Adnan quyidagicha javob qaytardi:

- Har bir bahsga imkoni boricha jiddiy yondoshamiz. CHunki hech bir bellashuv oson o'tmaydi. Biz raqibning turli harakatlari tushirilgan lavhalarni tomosha qildik. SHu asosda ularning o'ziga xos jihatlarini bilib boryapmiz. Mashg'ulotlarga barcha masuliyat bilan qaraydi.

"Qo'qon-1912" jamoasi to'g'risida nimalarni bilishi haqida berilgan savolga Oraxovacning javobi shunday bo'ldi:
- Bu jamoaga qarshi o'tgan yili ikki marta o'ynadik. Safardagi bellashuvda ular bizga etarlicha muammo tug'dirishgan va durang qayd etgandik. Toshkentda esa bu jamoani taslim etganmiz. Raqib tarkibida bir qator yangi futbolchilar va murabbiy borligini yaxshi bilamiz. Har bir murabbiy o'zi maqul bilgan o'yin uslubini yuzaga keltirishga intiladi. Bu jamoa bor imkoniyati bilan o'ynashiga shubha yo'q. O'z navbatida biz ham g'alaba qozonish uchun maydonda borimizni beramiz. Keskin kechadigan bahsga tayyormiz.

"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 11 mart, juma kuni soat 17:30da "Paxtakor" stadionida boshlanishini eslatib o'tamiz.

"Paxtakor" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика