Adidas Germaniya terma jamoasi muxlislariga 44-raqamli libos sotib olishni taqiqladi
02 apr 20:21
Yangiliklar
Adidas Germaniya terma jamoasi muxlislariga 44-raqamli libos sotib olishni taqiqladi
SHuningdek, Jonatan Ta kiygan 4-raqamli forma ijtimoiy tarmoqda tanqidlarga uchradi.
Adidas kompaniyasi ikkinchi jahon urushi paytida fashistlarning SS (Schutzstaffel) bo'linmalari tomonidan qo'llanilgan belgiga o'xshashligi sababli futbol muxlislariga Germaniya terma jamoasi libosiga 44-raqamni buyurtma berishni taqiqladi.
SS 1925 yil Adolf Gitler tomonidan tashkil etilgan bo'lib, milliy socialistik tashkilot fashistlar davrida terror va vahshiylik organi bo'lib xizmat qilgan.
Adidas matbuot kotibi kompaniya zo'ravonliklarga qarshi ekanligini bildirib, 44-raqamga buyurtma berishni imkon qadar tez bloklashini malum qildi.
SHuningdek, 4-raqam uchun muqobil dizayn ishlab chiqiladi. Avvalroq ushbu raqamda Jonatan Ta harakat qilgan va libosdagi bu tasvir internetda tanqid qilingan.
Fikrlar