Adel Abdulrahmon: "Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik"
06 may 2015 22:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/171246_original.jpg)
![](/upload/storage/171246_220.jpg)
Adel Abdulrahmon: "Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik"
OCHL 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al SHabab" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Adel Abdulrahmon ishtirok etdi.
"Avvalo barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Talab qilgan barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Mening qo'l ostimda jamoa yaxshi o'ynadi. Bugun bizga tezkor ham yordam berdi. Tarkibimizda faqat bitta futbolchi legioner edi, qolganlar mahalliy yosh futbolchilar. Bu o'yinchilar bilan birga kelajakka ishonch bilan qarash mumkin. Jamoam o'yinidan qoniqish hosil qildim", - deydi Adel Abdulrahmon.
- Uchrashuvni 3 hujumchi bilan boshladinglar. Lekin bundan tezda voz kechdingiz. Tezkor gol urganingiz tufayli shunday qildingizmi?
- Biz standart vaziyatdan keyin gol urdik. Biz uch hujumchi bilan o'ynamadik, shunchaki qarshi hujumlarda o'ynadik.
- O'yin vaqtida futbolchilardan ko'ra murabbiy charchab qolgandek bo'ldi. U o'yin davomida o'z zonasida tinmay yurib, yugurib turdi. Bunga sabab nima?
- Bugun o'ta muhim o'yin bo'ldi. Raqib g'alaba qozonsa keyingi bosqichga chiqishi mumkin edi. SHu bois ilk daqiqadan oxirigacha shogirdlarimga ko'rsatma berib turdim.
Narzulla Saydullaev

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar