So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  2 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  19 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

Abu Dabi kundaligi, 5-kun. Tong otdi, Vuchinich javlon urayotgan stadion Yangiliklar

Abu Dabi kundaligi, 5-kun. Tong otdi, Vuchinich javlon urayotgan stadion

Anavi multfilmda aytadi-ku, “Tong otsin hammasini ko'rasan”. Tong ham otdi, ko'rganlarimni so'zlay endi.
BAAda futbol infrastrukturasi juda yaxshi rivojlangan. Klub va terma jamoalarga juda katta sharoitlar yaratilgan bo'lib, har bir jamoaning bir xil sifatga ega o'nlab mashg'ulot maydonlari bor. Akademiyalar ishlab turibdi, akademiyalarda rosmana o'z ishining professorlari faoliyat olib boradi. Mashg'ulotlar esa kechki salqinda bo'lib o'tadi. Bu erda futboldan tashqari yana bir qancha sport turlariga yaratilgan sharoitga Evropaning ham bir qancha davlatlari havas bilan qaraydilar. Har bir klub amirlikka tegishli, bazan bu shahzodalarning o'yiniga ham o'xshab ketadi. Bu erda asosan chet elliklar ishlashlari sabab, futbolga aholi tomonidan bo'lgan etibor katta emas. SHuning uchun stadionlar deyarli bo'm-bo'sh. To'g'ri, bazi o'yinlarda odamlar ko'p bo'ladi, ammo bunday o'yinlar kam. “Al Jazira” esa tomoshabinlari bilan maqtana olar ekan. “Al Ahli” bilan bo'lib o'tgan o'yinga 12 000 nafardan ortiq muxlis tashrif buyurgan. Boshqa payt 5-6 ming kishi atrofida muxlis keladi. Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al SHabab” esa bunday ko'rsatkich bilan maqtana olmaydi. 4-turdan o'rin olgan “Al SHabab” – “Ittihod Kalba” o'yiniga bor yo'g'i 821 nafar muxlis kelgan ekan. Arablarni o'z futbollari bilan qiziqtirib bo'lmaydi. Ular o'zlari uchun istalgan paytda “Real”, “Manchester Siti”, “Milan” va “Arsenal” kabi klublarni BAAga olib kelib, haqiqiy futbolni tomosha qilishlari mumkin. Ichki chempionat esa shunchaki ovunchoq.



Stadionning VIP kirish nuqtasi

Aziz Haydarovning BAA futbol muxlislari oldida tutgan o'rni katta. Bilasiz, BAA sport TVlari dunyoning etakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Aynan TV orqali futbol ommaviy sport turiga aylangan. Aynan TV tufayli Aziz Haydarovning o'yini deyarli barcha tomosha qiladi. Masalan, Dubayda bo'lib turgan paytimiz mashina ichidan bir yo'lovchi, “Aziz, sen, eng-eng zo'risan, ammo jamoangi almashtirishing kerak, kel bizning klubga”, - deya baqirib qoldi. Aytishlaricha, u “Al Nasr” muxlisi ekan. Kecha mashg'ulotlar Abu Dabining eng chekka hududlaridan birida bo'lib o'tdi. Panjara ortidan O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotlarini tomosha qilayotgan akademiya tarbiyalanuvchilari ham Azizni tanib qoldilar.

Umuman, joriy yil Moskva, Incheon va Dubayda bo'lib, OAVsiz futbolni rivojlantirib bo'lmasligiga yana bir bor to'liq ishonch hosil qildim. Bu erlarda xorij futboli, o'zining mahalliy futboli bilan bir xil tempda yoritiladi.



O'ng tomonda SIP uning oldida Media sektor

BAA futbolida juda katta pullar aylanadi. 2012 yil JCHga kelganimda “Galf Tayms” muxbiri bizning o'yinchilar olayotgan pulni kuchli beshlik bera olmaydi, shuning uchun Matar va Halil kabi futbolchilarimizga chetga chiqishdan naf yo'q degan edi. Mirko Vuchinich kuchga to'lgan bir paytda, kim uni “Yuventus”dan “Al Jazira” klubi azosiga aylanadi deb o'ylabdi. Ha, ayni paytda u men istiqomat qilayotgan mehmonxona stadionida javlon uryapti. Hozircha ishlari yomon emas, 5ta o'yinda 10ta gol urdi. “Al Ayn” bilan bo'lib o'tgan bahsda poker, “Emireyts”ga xet-trik, “Al Dafra” darvozasiga dubl, “Ajman” bilan bo'lib o'tgan debyut o'yinida bitta gol urgan futbolchi faqatgina “Fujayra” bilan o'yinda gol ura olmadi. Erinmasdan u urgan gollarning barchasini tomosha qilib chiqdim, juda ham osonlik bilan raqib darvozasini ishg'ol qilyapti. BAAda futbol xobbi, asosan legionerlar o'yin qilishadi. Sal avvalroq Oybek Qilichevning ishi bilan shug'ullangan hamyurtimiz bilan tanishib qoldim. Nima uchun O'zbekistondan futbolchi jalb etilmay qo'ydi, yoki biznikilar kuchsizmi degan savolimga javob oldim. U kishining aytishicha, hozir Osiyo uchun ajratilgan +1 o'rniga BAA vakillari, arzon narxga, ammo issiqqa chidamli bo'lgan braziliyalik futbolchiga Falastin fuqaroligini berib, ichki chempionatga jalb etishayotgan ekan. Falastin davlatini fuqaroligini qabul qilish,  30 000 AQSH dollariga tushar ekan. Ayyorona yo'l, ammo aqlli.



Saidmurod aka esdalik uchun suratga olyaptilar

Sarlavhaga qaytaman. Bir kun avval charchab kelganligim bois, qaerda turibman, sharoitlar qanday, umuman qiziqmagan edim. Tong otdi, koridorga chiqdim, chap tomonimda parda tushirilgan, pardaning ortida nima borligiga qiziqib Saidmurod akam bilan, “jalyuzi”ni ochdik. Ana xolos, quyidagi “obzor”. Stadionning VIP lojasi tepasida turibmiz. Stadionni ikki tomonida katta biznes markaz qurilgan, ikkita yon tomoni esa turli xil kompaniyalarga ijaraga berilgan. VIP va media sektorning ortida 5 yulduzli mehmonxona. Biz aynan shu nuqtada istiqomat qilayotgan ekanmiz. Nonushtaga tushganimizda, Abu Dabida OFK tomonidan o'tkazilayotgan murabbiylik kurslarida tahsil olayotgan kishilar bor edi.

Men doimo OAVga doir maqolalarimda matbuot kotibini, so'nggi emas, birinchi o'rindagi kadr deb bilishlarini istashimni bot-bot yozib kelaman. Yurt ko'rgan jurnalistning fikrlashi, tajribasi oshsa oshadi-ki, aslo kamaymaydi. Xorij yig'inlari, kichik o'yinlarda matbuot kotibiga arzimagan bitta joy ajratilsa, qotgan non bilan ham qornini to'ydirib yurishi mumkin. Ammo ularning keyinchalik klubda tutadigan o'rinlari katta bo'ladi, buni klubga foydasi katta. “Al Jazira” stadionida OAVga ajratilgan sektorni bir ko'ring, butun boshli tribuna OAV ixtiyorida.



Kuchli fantaziyami

Bizdachi, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor”dan boshqa qaysi arenada shunday imkoniyat mavjud? Yangi qurilayotgan stadionlarda OAV o'tirish kerak bo'lgan joyda, kichik rahbarlarga mulozamat ko'rsatishadi. “Lokomotiv” faqat OCHL uchun media tribunasini OAVga berdi, oliy ligada u erda, kostyum shim kiygan kishilar o'tirishadi. OAV uchun esa 10 kishiga bitta rozetkasi bor, u ham stadion suxandoni xonasida. Bu bilan klubni tanqid qilish niyatida emasman, shunchaki ko'pchilikning gapi.

Roppa-rosa 11:30da terma jamoamiz istiqomat qilayotgan “Rotana” mehmonxonasiga yo'l oldim, ketish avvalida Odil va Sanjar bilan soat 13:30da uchrashuv belgiladik. Rejadan ko'ra ancha erta manzilimga etib borganim uchun, “Feysbuk” orqali Akbarning raqamini bilib, uning xonasiga kirdim. Boisi, terma jamoada debyut qilgan darvozabon bilan suhbatlashishim ko'pchilik uchun qiziq bo'lishi mumkin edi. Qolaversa, Akbarning tarbiyasi menga juda ham yoqadi, kamtar. Men intervyu olish paytida, kishining o'yiniga emas, uning hatti-harakatiga alohida etibor qarataman. Akbar xonada “Bunyodkor”dagi jamoadoshi Vohid SHodiev bilan istiqomat qilyapti. Jiyani uchun xarid qilgan, pultli “BMV”ni sinovdan o'tkazayotgan ekan. O'ziyam “BMV”ni traktor haydagandek, boshqardi. “Uyga sog' ketsin”, dedim. To'raevdan keyin, hechdan ko'ra, kech kashf etilgan Vohid SHodiev bilan suhbatlashdim. Ishimni bitirib, “Krasnodar”ga “uchdim”. Odil va Sanjar xonadosh. Ular bilan ancha vaqt gurunglashdik, futboldan tashqari hayotiy mavzular ham bo'ldi.

Hash-pash deguncha kech bo'ldi, terma jamoamiz mashg'ulotlarga yo'l olishi kerak. Bir kun avval plyajda o'ynalgan futbolning asoratlari ko'rinardi. Ko'pchilikning oyog'i shilingan, beli bukilgan, yana kimlarnidir tirnog'i singan. Mashg'ulot maydoni 50 km uzoqlikda. Markazdagi sharoit, 50 km uzoqda ham bir xil. Agar bizning futbolimizdagi pullar shunday, to'g'ri yo'l bilan ishlatilsa, biz JCHga emas, JCHning guruh bosqichidan chiqamiz.

Bundan roppa-rosa uch yil avval, “Mashal”dagi o'zgarishlardan (salbiy) achchig'im kelib, katta maqola yozgan edim. Boshqa klublar uchun unchalik kuyib pishmayman, ammo “Paxtakor” va “Mashal”ga kelganida, ulardagi xatolarni ko'rib achchig'im kelaveradi. “Paxtakor”da-ku, muammoni maqola qilib o'tirmasdan o'zlariga borib aytaman, “Mashal”ga esa maqola shaklida etkazishga majburman. Tailandda terma jamoamiz inqirozga uchradi, Myanmadagi ishlar ham joyida emas, BAAning ikkinchi tarkibini mag'lubiyatga uchrata olmadik. O'yinni BAAda, internet orqali tomosha qildim. Gap shundaki, “Mashal“ akademiyasining o'zbek futbolida tutgan o'rni juda-juda katta edi, afsuski, bugun akademiya buzilyapti, terma jamoaga avvalgidek sifatli futbolchilarni bermay qo'ydi.



Italiyada o'ynagan Vuchinich endi "Al Jazira"da o'ynamoqda

Aynan “Paxtakor” va “Mashal” evaziga yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz katta-katta  muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan edi. Bugun “Bunyodkor” yordamga kelyapti, ammo “Mashal”ning 10 yil avval yo'lga qo'ygan poydevorida qanchadan-qancha katta imoratlarni qurayotgan edik. Futboldan ancha yiroq bo'lgan kishilar, hozir akademiyada faoliyat olib borishayotganligi achinarli. Avvallari “Mashal” akademiyasiga respublika bo'ylab selekciya ishlari amalga oshirilar edi. “Lukoyl” turnirining ham nufuzi ancha baland edi. Hozirchi? O'zi maqtanadiganimz shu yoshlar edi, endi shundan ham bebahra qolsak.

Tizim izdan chiqyapti, futbolimizning asl muammosi ancha quyida. Terma jamoamiz esa, tanamizning yuragi deylik. Meni o'zim “revmotizm” kasali bilan og'riyman. Bu kasallikka etibor qaratmasangiz, u ilk zarbani o'zidayoq yurakni “nokaut” qiladi. Aslida esa, bu kasallik oyoqdan boshlanadi. Bizning futbol ham shunga o'xshab qoldi, oyoqdagi og'riqni bilmay turib, yurakni ezyapmiz. Bugunga shular, xayr, salomat bo'ling!

Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика