So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Abror Pirriev: "SHukurovning boldir suyagi singan, ammo suyak joydan siljimigan, bu juda muhim" Yangiliklar

Abror Pirriev: "SHukurovning boldir suyagi singan, ammo suyak joydan siljimigan, bu juda muhim"

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olganidan muxlislarning xabari bor.

O'FA Matbuot xizmati o'yindan keyin terma jamoa shifokori Abror Pirrievdan Otabekning holati haqida malumot oldi.

"Otabek SHukurov bugun Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Biz maydonning o'zida Otabekka birinchi yordamni ko'rsatdik. Keyin uni mahalliy shifoxonaga olib bordik. Tekshiruvlar natijasida Otabekning boldir suyagi pastidan singani aniq bo'ldi. Ammo suyak joydan siljimigan. Bu juda muhim. Qolaversa, sinish ko'ndalang emas. Bunday hollarda futbolchining jarohatdan tiklanishi osonroq bo'ladi. Tekshiruvlar natijasidan keyin shunday xulosaga keldik: bunday holatda futbolchi yo operaciya qilinishi kerak yoki oyoqning singan joyi fiksaciya, yani gips qilinib, davolanishi zarur. Operaciya qilingan taqdirda, jarohatning bitishi tezroq bo'ladi.

Ammo Otabek SHukurov "SHarja" klubi azosi bo'lganligi sababli bu holda klub shifokorlari bilan maslahatlashish talaba etilardi. Biz BAA klubi bilan aloqaga chiqdik. Ular Otabekning oyog'ini gips qilgan holda, Dubayga olib borishni maslahat berishdi. Klub shifokorlari Dubayda futbolchini yana bir bor tekshiruvdan o'tkazishadi. Keyin davolanish bo'yicha eng maqul variantni o'zlari futbolchi bilan kelishgan holda amalga oshirishadi. SHu sababli SHukurovning oyog'i gips qilindi. Ertaga u BAAga uchib boradi va u erda davolanishni davom ettiradi. Bunday jarohatlar odatda ikki oy ichida tiklanadi. Otabek SHukurovga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz", - dedi Abror Pirriev.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика