So’nggi yangiliklar

21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  0 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  3 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  5 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  3 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  7 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  4 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1

Abror Pirriev: OFK seminardan katta tajriba to'pladim Yangiliklar

Abror Pirriev: OFK seminardan katta tajriba to'pladim

Kuni kecha milliy terma jamoamiz va “Lokomotiv” klubi shifokori Abror Pirriev OFK tomonidan tashkil etilgan futbol shifokorlari o'quv dasturi doirasida tashkil etilgan seminarda bo'lib qaytdi.

Safar taassurotlari xaqida Abror Pirriev bilan suxbat uyushtirdik.

Abror aka OFK tomonidan tashkillashtirilgan dastur to'g'risida malumot berib o'tsangiz?

-OFK tomonidan tashkillashtirilgan bu seminar Futbol tibbiyotining OFK prezidenti sayyor o'qishi nomi ostida o'tkazildi. Bu seminarning asosiy maqsadi futbol shifokorlarini futbol tibbiyotidagi oxirgi malumotlar bilan tanishtirish. Tajriba almashish, futbol tibbiyoti rivojlangan va ulkan yutuqlarga erishgan davlatlar klinikalaridagi tajribalarni o'rganishdan iborat bo'ldi.

O'quv qursining tashkiliy tomonlariga ham to'xtalib o'tsangiz?

-O'kish kursi 2 bosqichdan iborat bo'lib, unda Osiyoning turli davlatlardan 9 nafar futbol shifokorlari ishtirok etishdi. 1-bosqichda 9 nafar shifokor 3 guruxga bo'linib, 3 nafar shifokor Tailandda (kamina ushbu guruxda), 3 nafari Qatarda va yana 3 nafar shifokor Gonkongda 1 xafta mobaynida ushbu davlatlardagi sport(futbol) tibbiyoti klinikalarida malaka oshiridik. 2-bosqichda barcha 9 ta shifokor Gonkongda to'plandik va OFK tibbiyot bo'limi raxbari Dato Dr. Guri boshchiligidagi OFK instruktorlari va turli davlat sport klinikalaridan taklif etilgan mutaxassislar tomonidan maruzalar eshitdik, bu bilan nazariy bilimlarimizni mustaxkamladik.

O'quv qursi shaxsan Sizda qanday tasurot qoldirdi?

-Safardan ulkan tajribalar ortirdim. Aytishim mumkinki, ushbu kurs futbol tibbiyotidagi bilim va amaliy ko'nikmalarimizni yanada teranlashtirdi. Futbol tibbiyotidagi oxirgi yangiliklardan boxabar bo'ldim, boshka davlat shifokorlari bilan tajriba almashinildi hamda yangi do'stlar ortirdik. Ular bilan har doim tajriba almashib turishga kelishib oldik.

Seminardan olgan bilim va tajribangizni yurtimizdagi soxa mutaxassislari bilan o'rtoqlashsangiz kerak?

-Bugungi kunda bizning futbol tibbiyotimiz rivojlanish bosqichini bosib o'tmokda va soxani rivojlantirishi uchun juda ko'plab ishlar qilinmokda. O'kishdan ortirib kelgan bilim va tajribalarimni yurtimizdagi Football Med tibbiy markazi xodimlari va futbol soxasidagi xamkasblarim bilan o'rtoqlashishga va shu o'rinda o'zimizning yutuq va kamchiliklarimizni ham taqqoslab ko'rdim. Yana shuni aytib o'tishim kerakki, Football Med markazi bosh shifokori Melieva Muazzam Solievna bilan o'zim bilan olib kelgan materiallarni taxlil qilgan xolda futbol shifokorlarimiz uchun asqotadigan taraflarini o'zida mujassamlashtiradigan yangi uslubiy qo'llanma tayyorlashni rejalashtirib turibmiz. O'ylaymanki, ushbu uslubiy qo'llanma xamkasblarimga katta foyda keltiradi.

Seminardan olgan boy tajribangiz milliy futbolimiz taraqqiyotiga xissa qo'shishini tilab qolamiz.

-O'ylaymanki seminar davomida ortirigan bilim va amaliy ko'nikmalarimdan o'zim ishlayotgan milliy terma jamoamiz va Lokomotiv futbol klubidagi tibbiy faoliyatimda keng foydalanaman. SHu bilan birgalikda mamlakatimizda futbol tibbiyotini rivoji hamda futbolchilarimizni sog'lom va baquvvat bo'lishlari uchun bor kuchimni ayamay, milliy futbolimiz ravnaqiga o'z xissamni qo'shaman.

Xayrullo VASIEV suxbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика