So’nggi yangiliklar

21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  0 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  1 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8

Abror Pirriev: Futbolda tibbiyot xodimi so'nggi o'rinda bo'lardi Yangiliklar

Abror Pirriev: Futbolda tibbiyot xodimi so'nggi o'rinda bo'lardi

Bugungi kunda sport, xususan, futbol tibbiyoti birinchi o'ringa ko'tarilgan. Bunga ortiqcha izoh berish shart bo'lmasa kerak. Doping mojarosi chiqdi-yu, sport sohasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlariga bo'lgan talab kuchayib ketdi.

To'g'ri-da, arzimagan etiborsizlik sabab sportchilar va hatto, butun boshli mamlakat sport delegaciyasigacha katta-katta musobaqalardan chetlatilyapti. Xalqaro antidoping, yani WADA deb nomlanuvchi tashkilot mashhurni ham, endi sportga kirib kelganni ham ayamayapti. Taqiqlangan modda istemol qildingmi, bo'ldi, diskvalifikaciyalarni qalashtirib tashlayapti. Uzoqqa bormaylik, kuni kecha ushbu tashkilot tavsiyasi bilan Rossiya paralimpiya terma jamoasi to'laligicha Rioda o'tkaziladigan Paralimpiada o'yinlaridan chetlatildi. Vaholanki, bu mamlakat terma jamoasi tarkibida 200 nafardan ziyod sportchilar bor edi. Undan avval Rossiya tennisi yulduzi Mariya SHarapova ikki yilga barcha musobaqalardan chetlatilgandi. Yaqinda bir nechta davlat og'ir atletika federaciyalariga ham doping yuzasidan hukm o'qildi. Xullas, doping masalasi bugungi sportda birinchi o'ringa ko'tarildi. Bejiz bu mavzuda so'z ochmadik. Bunday paytda sport tibbiyoti yo'nalishida faoliyat yuritayotgan xodimlar zimmasiga masuliyatli vazifa yuklanadi. Biz ko'tarilgan mavzu va umuman, sport, xususan, futbol tibbiyoti yuzasidan o'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasida shifokor bo'lib ishlagan, ayni payt Toshkentning Lokomotiv klubida faoliyatini davom ettirayotgan UEFA licenziyasiga ega oliy toifali shifokor Abror Pirrievdan intervyu oldik.

- Abror aka, suhbatimiz avvalida sport, xususan, futbol tibbiyotining bugungi kundagi roli va tutgan o'rni haqida gaplashsak. Bu borada fikrlaringiz qanday?


- Bugungi kunda sport tibbiyoti keskin rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. CHunki sportning o'zi kundan-kunga rivoj topib, yangi-yangi cho'qqilarni zabt etib boryapti. Avvallari sport jamoalari, xususan, futbol klublarida shifokorlarga shunchaki, bir oddiy xodim sifatida qaralardi. Buni ham tan olish kerak. Hozirgi kunda esa, sportni tibbiyotsiz umuman tasavvur qilib bo'lmaydi. SHuning uchun, hozirda xoh u futbol, xoh bosh-qa sport turi bo'lsin, tibbiyot sportning ajralmasi qismiga aylanib ulgurdi.

- SHaxsan o'zingizda sport, xususan, futbol tibbiyotiga bo'lgan qiziqish qanday paydo bo'lgan?


- Faoliyatimni aynan sport tibbiyotida boshlaganman va bugungi kunda ham shu sohada ishlab kelyapman. Hech qachon umumiy yo'nalish shifokori bo'lmaganman. Oliy o'quv yurtini tamomlagach, Frank nomidagi Respublika sport tibbiyoti markazi, yani dispanseriga ishga qabul qilinganman. Ushbu dispanserda ishlab yurgan kezlarim parallel ravishda futbolda ham faoliyatim boshlandi. Ilk ishlagan jamoam - Muborakning Mashal klubi. SHundan so'ng bir necha yil davomida oliy liga klublarida mehnat faoliyatim davom etdi. Bu orada O'zbekiston milliy terma jamoasida ham ishlash nasib qildi. Bugungi kunda esa Toshkentning Lokomotiv klubida faoliyat yurityapman. O'sha futbol tibbiyotida ilk qadamlarim tashlangan davrda sport, xususan, futbol tibbiyoti unchalik ham rivojlanmagan edi. Alohida soha sifatida qaralmagani uchun xorij mamlakatlarida o'qib kelishga majbur bo'lganmiz. O'ndan ortiq davlatlarda aynan futbol tibbiyoti yo'nalishida tahsil olib, malaka oshirganmiz. Bugungi kunga kelib, o'zimizning bir qator oliy o'quv yurtlarida sport tibbiyotiga yo'naltirilgan fakultetlar ochilgan.

- Klub va milliy termadagi futbolchilar faoliyati farq qilganidek, shifokorlarning ham bu ikki jamoadagi faoliyatida biroz tafovut bor. CHunki futbolchilar o'z klublaridan terma jamoa ixtiyoriga turli holatda etib kelishadi. Bu vaziyatda esa, birinchi o'ringa tibbiyot xodimining o'rni va roli chiqadi, to'g'rimi?


- Albatta. Lekin shuni aytib o'tish kerakki, biz ham xuddi terma jamoa bosh murabbiyi kabi termaga nomzod futbolchilarning klubdagi o'yinlarini kuzatib boramiz. Qanday holatda jarohat oldi, shikastlangan joyi jiddiymi yoki xavotirga o'rin yo'qmi, hamma-hammasidan boxabar bo'lib borishimiz kerak. Terma jamoada ishlagan paytimda klubdagi hamkasblarimiz bilan doimiy muloqotda bo'lganmiz. Terma jamoaga nomzod futbolchilarning bugungi holati xususida klub shifokorlari so'nggi malumotlarni etkazib turishardi. Terma jamoada Lokomotiv futbolchilari ham ko'pchilikni tashkil qiladi. SHu klubda ishlaganim uchun o'yin-chilarini yaqindan bilaman va ular haqidagi malumotlarni terma jamoa shifokorlariga taqdim etaman. Terma jamoa shifokori yilda 12 oy ishlashi shart. Klub yoki terma jamoa shifokorlarining vazifasi - murabbiy tomonidan berilayotgan yuklamalarni futbolchi ko'tara oladimi yoki yo'q, organizmi bunga tayyormi, degan savollarga javob berishi kerak. Bu borada u bosh murabbiy bilan hamjihatlikda ishlaydi.

- Haqiqatan ham, bosh murabbiy shifokor bilan hamjihatlikda ishlashi kerak. Futbolchining o'yin­ga tayyor yoki tayyor emasligini ko'proq tibbiyot xodimlari bilishadi. Bosh murabbiy falon futbolchining ukol yordamida bo'lsa ham maydonga tushishini xohlayapti-yu, lekin shifokor sifatida siz bunga qarshisiz, chunki o'sha futbolchi unga beriladigan yuklamani ko'tara olmaydi, hali o'yinga tayyor emas. Sizning faoliyatingizda ham shunday vaziyat ro'y berganmi?


- Bu kabi holatlar tez-tez uchraydi. O'ta muhim uchrashuvlarda murabbiylar shifokorlardan qanday bo'lmasin, qaysidir futbolchini o'yinga tayyorlashimiz kerakligini so'rashadi. Ukol yordamida bo'lsada o'yinga tushishi va jamoamizga yordam berishi shartligini bildirishadi. Lekin hamisha ham buning iloji yo'q. Futbolchining hayotini xavf ostiga qo'yib, uni maydonga tushirish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. O'yin kuni qaysi futbolchi maydonga tushishga yuz foiz tayyor bo'lsa, o'sha o'yinchilarga imkoniyat beriladi, ishonch bildiriladi. Majburan o'ynatilgan futbolchi hech qachon foyda keltirmagan. Axir, issiq jon, o'yinga bir soat qolganda ham ahvoli yomon bo'lib qolishi hech gap emas. Faoliyatimda shunday holatlar ko'p bo'lgan. Ayrim futbolchilar birdaniga o'zlarini yomon his qilib, kasalxonaga tushib qolishgan. SHuning uchun ham, shifokorlar ayniqsa, o'yinga kam vaqt qolganida, har soatda futbolchilarning tibbiy holati bo'yicha bosh murabbiyga malumot berib turishadi.

- Futbolda ovqat racioni, yani kundalik taomnoma degan tushuncha bor. Bu jarayonda bevosita klub yoki terma jamoa shifokorlari ishtirok etishadi. Bugungi zamonaviy futbolda kundalik taomnomaning o'rni qanday? Menyuda qanday taomlar bo'lishi shart?


- Bu savolga umumiy qilib javob bermoqchiman. Klub yoki terma jamoa shifokorini faqat o'yin payti kerak bo'ladi, deb o'ylaydiganlar ko'pchilikni tashkil etadi. Futbolchilardan biri jarohat olgan paytda maydonga yugurib chiqib, birinchi yordamni ko'rsatilganda shifokorlar ko'zga tashlanadi. Aslida, bu ishimizning eng oddiy ko'rinishi, xolos. Lekin asosiy faoliyat o'yingacha va undan keyin bo'lgan davrlarni ham qamrab oladi. Futbolchi 90 daqiqalik o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rsa, bizning faoliyatimiz ham xuddi shunday ko'rinishda davom etadi. Xuddi sahna ortida xizmat qiladiganlar singari bizning ishimiz aksariyat hollarda ko'zga tashlanmaydi. Futbolchilarning kun tartibini belgilashdan tortib, to ularning kundalik taomnomasini tuzish jarayonigacha klub yoki terma jamoa shifokorlari ishtirok etishadi. Qolaversa, yuklamalar berilgan paytda murabbiylar bilan maslahatlashgan holda futbolchilarga zarur bo'lgan vitaminlarni berish, har kunlik tibbiy ko'rikni tashkil qilish, agar sog'lig'ida muammo yuzaga keladigan bo'lsa, uni zudlik bilan bartaraf etish biz - shifokorlar zimmasidagi vazifa va masuliyat hisoblanadi.

- Klublarimiz arab jamoalariga qarshi mehmonda o'ynagan paytlari iqlim tomonidan muammolarga duch kelishadi. Bunday holatda shifokorlar zimmasiga yana bir o'ziga xos vazifa va masuliyat yuklanadi. Ko'pchilik shifokorlarimiz bilan suhbatlashganimizda, ulardan bu borada turlicha fikrlarni eshitamiz. Ayrimlar o'yindan 4-5 kun oldin manzilga etib borib, mahalliy iqlimga moslashish kerakligini aytishadi. Bazilari esa uzog'i bilan o'yindan bir kun oldin etib borish foydaliroq bo'lishini takidlashadi. Bu borada sizning fikringiz va qarashlaringiz qanday?

- Uzoqqa bormaylik, yaqinda Lokomotiv OCHL chorak finali doirasidagi ilk uchrashuvda BAAning Al-Ayn jamoasi mehmoni bo'ldi. Al-Ayn shahrida o'tkazilgan ushbu uchrashuv chog'ida harorat 43 daraja issiqni tashkil qildi. Bunday ob-havo sharoitida o'ynash nafaqat bizning futbolchilar, balki mezbonlarning o'ziga ham oson bo'lgani yo'q. Nafas olish qiyinlashadi. O'yinni sinchkovlik bilan kuzatganlar buni yaqqol payqashdi. SHularni inobatga olgan holda, biz qaysi davlatga borayotganimiz, u erda iqlim sharoiti qanday, umuman, barcha jihatlarni safar oldidan hal qilib olishimiz kerak. Nafaqat vitaminizaciya, balki bunday issiq iqlim sharoitida ovqatlanish ham boshqacha bo'lishi lozim. U erdagi taomnoma ham shunga monand tarzda tuziladi. Issiq va shu bilan birga, namgarchilik yuqori bo'lgan ob-havo sharoitida futbolchi bosh-qa kunlarga qaraganda ko'proq terlaydi. Buning natijasida organizmdan tuzlar, mikroelementlar chiqib ketadi. Biz shularni inobatga olgan holda BAAga ketishimiz oldidan o'zimiz bilan birga tuzli, mikroelementlarga boy ichimliklar olgandik. O'yindan oldin, tanaffus chog'ida va uchrashuv yakunlanganidan keyin futbolchilarga ana shu ichimliklarni berdik. Mazkur jarayon organizm yo'qotgan vitaminlarning tiklanib olishiga yordam beradi.

- Abror aka, bugungi kunda nafaqat futbol, balki sportning boshqa turlarida ham doping mojarosi birinchi o'ringa chiqdi. Butun boshli mamlakat sport delegaciyalarining ushbu illat sabab chetlatilayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Bunday vaziyatda klub shifokorlari qanday ishlarni olib borishyapti?


- Haqiqatan ham, doping muammosi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan Olimpiadada ham, yaqinda boshlanishi kutilayotgan Paralimpiada o'yinlarida ham bu mavzuga tez-tez duch kelyapmiz. Hatto, bundan 8 yil avvalgi doping tekshiruvlarini qayta ko'rib chiqish asnosida sportchilarning o'sha paytda qo'lga kiritgan medallari olib qo'yilmoqda. Siz aytgandek, bunday vaziyatda shifokorlarga bo'lgan talab oshadi. Yani, Xalqaro antidoping tashkiloti tomonidan har yili yuboriladigan taqiqlangan moddalar ro'yxati bilan futbolchilarni tanishtirib borish shifokorlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bilasizmi, bu tashkilot tomonidan har yili federaciyalarga jo'natiladigan ro'yxat o'zgarib, tabir joiz bo'lsa, boyib boradi. Eskisi olib tashlanib, shunchaki, yangisi qo'shib qo'-yilmaydi. O'sha avval mavjud bo'lgan taqiqlangan moddalar ro'yxatiga yangilari qo'shib boriladi. Masalan, bu yil ushbu qora ro'yxatga mildronat moddasi ham kiritildi. Joriy yildan ushbu preparatni istemol qilgan sportchi diskvalifikaciyaga uchraydi. Odatda, doping istemol qilgan sportchiga nisbatan nafrat oshib ketadi. Aslida, unday emas. Sportchining sog'lig'i yo'lida bilib-bilmay istemol qilgan dori-darmoni taqiqlangan bo'lib chiqyapti. Vaholanki, u atayin faolligini oshirish uchun bu darmonga murojaat qilgani yo'q. Endi shu kabi holatlarda har bir jamoa shifokori hushyor bo'lishi kerak. Sportchi o'z holicha dori-darmonlarni qabul qilmasligi darkor. Muolajalarni shifokor tavsiyasiga ko'ra olishi shart. Buning uchun esa tibbiyot xodimining o'zi bundan xabardor bo'lishi lozim. Yana bir misol keltiraman. Al-Aynga borgan paytimizda futbolchilarimizni doping tekshiruvidan o'tkazishdi. Avvallari o'yin chog'i, undan oldin va keyin tekshirilgan bo'lsa, hozir ixtiyoriy paytda doping tekshiruvi amalga oshirilyapti. Xalqaro antidoping tashkiloti FIFA yoki OFKga talabnoma yuboradi va shu asosda xohlagan paytda futbolchi doping tekshiruvidan o'tkaziladi. Al-Aynda ham xuddi shunday holat yuz berdi. Mehmonxonaga kirishimiz bilan Xalqaro antidoping tashkiloti xodimlari futbolchilarimizni doping tekshiruvidan o'tkazishdi. Hali mehmonxonaga joylashib ulgurmagan edik. Bu tashkilotga shunday vakolat berilgan. Istalgan paytda doping nazoratidan o'tkazishga haqqi bor. Jamoamiz vakillari tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tib olishdi. Albatta, boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. Biz doimiy ravishda futbolchilar bilan tushuntirish ishlari olib boramiz. Antidoping tashkiloti tomonidan yuboriladigan yangi taqiqlangan preparatlar bilan tanishib, futbolchilarni doimiy nazoratda ushlaymiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика