Abror Pirriev: "Agar Neymar AGMKda o'ynaganida..."
29 noy 2021 09:40
Yangiliklar
Abror Pirriev: "Agar Neymar AGMKda o'ynaganida..."
PSJ hujumchisi Neymar Franciya chempionati doirasida "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda (3:1) to'pig'idan jarohat oldi va bunga “Lokomotiv” shifokori Abror Pirriev o'z munosabatini bildirdi.
"Neymarning jarohatini ko'rib, muxlislar rosa achinishdi. Jarohatlar doimo noxush, ammo tovon-boldir bo'g'inidagilari – tizzada jarohatlariga qaraganda ancha engilroq bo'ladi va tuzalish uchun ko'p muddat sarflanmaydi.
Mirjalol Qosimov tabiri bilan aytganda: “Travmy golenostopa – eto nasmork”. Agarda Neymar AGMKda to'p surganida, uning navbatdagi o'yinga tushish ehtimoli juda yuqori bo'lardi.
Neymar o'zining instagram sahifasida: “Jarohat – futbolning bir qismi. Qayta tiklanib, yanada kuchliroq bo'lib safga qaytaman”, deb yozgan so'zlariga qo'shilgan holda uning tez orada safga qaytishini tilab qolamiz", deb yozgan sahifasiga Abror Pirriev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar