Abraxam Batistuta va Montellaning natijasini takrorladi
18 mar 2022 13:11
Yangiliklar


Abraxam Batistuta va Montellaning natijasini takrorladi
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam debyut mavsumida 21ta gol urib Gabriel Batistuta va Vinchenco Montellaning natijasini takrorladi.
"Vitess"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi 1/8 final javob o'yinidagi gol Abraxam uchun "Roma" tarkibida barcha musobaqalardagi 21-si bo'ldi va Rim klubiga keyingi bosqichga chiqish uchun yordam berdi.
"Ajoyib jamoaga qarshi birgalikda yaxshi o'yin o'tkazdik", - deydi Abraxam.
Temmi Abraxam "Roma" o'tgan yozda Londonning "CHelsi" klubidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar