So’nggi yangiliklar

18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  0 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  33 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6

Abramovning Qozog'istonda ishlashiga qanday qaraysiz? (So'rovnoma natijalari) Yangiliklar

Abramovning Qozog'istonda ishlashiga qanday qaraysiz? (So'rovnoma natijalari)

4 dekabr kuni saytimizga yangi so'rovnoma qo'ygandik. “Vadim Abramovning Qozog'istonda ishlashiga qanday qaraysiz?” degan mavzuda.
O'tgan to'rt kun ichida jami 103 kishi bu so'rovnomada qatnashibdi. Dastlab natijalarni keltirib o'tsak.

Yaxshi bo'ldi, har xolda bekor yurgandan ko'ra – 59 ovoz
O'zimizning klublardan taklif kutsa bo'lardi – 21 ovoz
Qozog'istonda futbol kuchli emas, bekor ketdi – 6 ovoz
Qaerda ishlashining menga farqi yo'q – 17 ovoz

Ko'rib turganingizdek, eng ko'p 59 kishi Abramovning Qozog'istonga ketganiga ijobiy baho bergan. 21 kishi ozroq kutsa bo'lardi degan manoda o'zimizning klublardan taklif tushishini kutsa yaxshiroq edi degan javobni maqul ko'rgan. 17 kishi uchun esa Abramovning qaerda ishlashining farqi yo'q ekan.  Va nihoyat 6 ishtirokchi Qozog'iston futboli kuchli emas, bekor ketdi degan javobda to'xtalgan.

Endi bu borada bizning fikrimizni keltiradigan bo'lsak, Vadim Karlenovichning qarorini hozircha to'liq quvvatlaymiz. CHunki o'ziga yarasha nom chiqargan murabbiyning bir yarim yil ishsiz yurishi katta muddat hisoblanadi. SHunday ekan, Abramov “Astana”ni tanlab to'g'ri qildi. Murabbiy u erda qozoq futboli bilan yaqindan tanishadi, Evropa futboli havosini totib ko'radi. Oramizda Qozog'istonda futbol saviyasi biznikidan past deyayotganlar ham yo'q emas. Lekin muhimi shundaki, ular rivojlanish uchun astoydil harakat qilishmoqda. Superligadagi hech bir klub jimgina qarab turgani yo'q.

O'z vaqtida bizda ishlagan Viktor Kumikov, Miodrag Radulovich, Viktor Pasulko, Vladimir Fomichev singari murabbiylar qozoq futbolida faoliyat olib borishdi va borishmoqda. Mana endi ular safiga Vadim Abramov ham qo'shildi va bundan faqat xursand bo'lishimiz kerak. Axir o'zbekistonlik murabbiylarning chet el futbolida ishlashi biz uchun yutuq emasmi? Abramov o'zimizda bekor yurib oliy liga klublaridan taklif kutsa bo'lardi, lekin bizda ko'p narsa nasiya ekanligini inobatga olsak, murabbiy uchun eng maquli naqdini tanlash edi va shunday qildi ham.

Abramov – kuchli va obro'li mutaxassis. U allaqachon chempionlik uchun kurashadigan klublarda ishlash saviyasiga etgan. Uning uchun “Navbahor”, “Qizilqum”, “Dinamo” singari doim muammolar atrofida o'ralashib yuradigan jamoalarda ishlash qiziq bo'lmasa kerak. Qolaversa, bugungi kunda unga “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” singari kuchli to'rtlikdan taklif tushmasa ham kerak. Qozog'iston chempionatida ishlash esa uning uchun yangi maktab sanaladi.

Qaerda ishlashining farqi yo'q deganlar esa nazarimizda, murabbiy qaerda bo'lmasin ishlasa bo'ldi mazmunida ovoz berishgan. Eng muhimi, murabbiy ishsiz qolmasa bo'lgani. O'ylaymizki, Vadim Karlenovich “Astana”ni tanlab to'g'ri yo'l tutdi. Qozog'istonlik jurnalistlarning yozishicha, ular “Astana”ga Lui Van Gal, Slavolyub Muslin kabi nomdor murabbiylarning kelishini kutishgan ekan. Oxir-oqibat ular uchun Abramov nomi syurpriz bo'ldi. Va bazilar bunga hattoki qarshi chiqishdi yoki bo'lmasa kinoyali kulib qo'ya qolishdi. Abramov oldida esa bitta yo'l qoldi: faqat mehnat orqali kimligini butun Qozog'istonga namoyish etish. Bu borada u kishiga omad tilab qolamiz.

Xayrulla Xoliqov.

Saytimizda chiqqan yangi so'rovnomada ishtriok etishni unutmang.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика