So’nggi yangiliklar

12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  0 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  0 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  0 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  18 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  20 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2

Abramov va Kapadze stadiondan kuzatib borgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” o'yini haqida Yangiliklar

Abramov va Kapadze stadiondan kuzatib borgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” o'yini haqida

O'zbekiston Superligasining 4-tur uchrashuvlari yakunlandi. 3 aprel kuniga belgilangan 2 o'yinning dastlabkisi Toshkentda “Lokomotiv” – “Qizilqum” jamoalari o'rtasida kechdi. Uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etildi.

Zerikarli 1-bo'lim

Uchrashuvning ilk daqiqalaroq anchagina xotirjamlik bilan boshlandi. Jamoalar asosan to'p nazorati bilan shug'ullanishdi. O'yinning 13-daqiqasida Oybek Qilichev jarima maydonidan erlatib zarba berdi, Javohir Ilyosovdan seyv qildi. Birinchi bo'limda shiddat yuqori bo'lmadi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida esa Hamidjon Aktamov bahsning qiziqarli va jangovor bo'lganini takidladi. Muxlis, jurnalist, murabbiy nazarida o'yin har xil ko'rinadi. Hay mayli. Mikael Sekeyra esa barchaning reakciyasi 2-bo'limda yaxshiroq bo'lganligini takidladi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida esa Oybek Qilichevning uzatmasidan keyin Jamshid Hasanov hisobni ochdi. SHundan so'ng “Loko” oldinga o'tib, o'yin shiddati oshadi, deb umid qilgandik. Biroq bunday bo'lmadi.

 



O'sha gap: 2-bo'lim haqida


0:1 hisobida yakunlangan 1-bo'limdan so'ng “Lokomotiv” 2-bo'limga yanada shiddatli bo'lib qaytishidan, navoiyliklar esa uchrashuv davomida hisobni asrab qolish uchun emas, balki yanada yaxshiroq harakat qilish uchun o'ynashini kutdik tanaffus vaqti. 54-daqiqada Ibrohim G'anixonov raqib jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, Nesterov to'pni qaytardi. Oradan 3 daqiqa o'tib esa “temiryo'lchilar” o'z maqsadlariga erishishdi. Temurxo'ja Abduxoliqov uzatgan to'pni Diyorjon Turopov golga aylantirdi. SHundan keyin “Loko” hujumlarga o'tishda davom etdi. Bahsning 67-daqiqasida hisob yana bir bor o'zgarish mumkin edi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Temurxo'ja Abudxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

“Qizilqum” azolari o'yin tizginini biroz bo'lsa-da qo'lga olisha oldi. “Loko”ning hujumlarini qaytarishga erishdi. 90-daqiqada hisob yana o'zgarishi mumkin edi. CHap qanotdan Muxtorov uzatgan to'pni G'anixonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Nesterov esa to'pni ushlab oldi.

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berilgan bo'lsa ham, bahs 97 daqiqa davom etdi. Bir vaziyatda VARga ham murojaat qilindi, lekin hech narsa o'zgarmadi.




Abramov TTZda


“Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvini stadiondan turib O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Vadim Abramov hamda “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze kuzatib bordi.




Murabbiylarning fikri

Hamidjon Aktamov: "Futbolchilarni Nesterov almashtirgani yo'q" 

Mikael Sekeyra: "Lokomotiv"ning maqsadi chempionlikka kurashish. Ish jarayonimiz davom etmoqda" 


Keyingi tur oldidan

9 aprel kuni “Lokomotiv” jamoasi “Surxon” mehmoni bo'ladi. Ayni vaqtda turnir jadvalida “Loko” 4 o'yindan so'ng 2 durang va 2 mag'lubiyat bilan 2 ochkoga ega. “Surxon” jamoasi esa 4-turdan so'ng 1 g'alaba, 1 durang, 2 mag'lubiyat bilan 4 ochkoga ega.

“Qizilqum” jamoasi 10 aprel kuni o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi. Navoiyliklar 4 o'yindan keyin, 1 g'alaba va 3 durangdan keyin 6 ochko bilan 5-pog'onada. Qashqadaryoliklar esa o'tgan turdagi g'alabadan so'ng 5 ochko bilan 7-o'rinda.




Coca Cola Superliga, 4-tur
LOKOMOTIV – QIZILQUM - 1:1
3 aprel 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni.
Hakamlar:
Elyor Tursunov, SHohruh Azamov, Aleksandr Burov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistentlari: Ruslan Serazitdinov, Rustam Lutfullin
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: SHerali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gollar: Jamshid Hasanov 36, - 0:1 (Oybek Qilichev). Diyorjon Turopov 57, - 1:1 (Temurxo'ja Abduxoliqov).

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Islomjon Qobilov, 8.Javohir Sidiqov (18.Ibrohim G'anixonov, 46), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov (27.Islom Rashidxonov, 46), 17.Sanjar Qodirqulov (5.Kaxi Maxaradze, 55), 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev, 77.Diyorjon Turopov, 94.Xurshidbek Muxtorov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 10.Marat Bikmaev, 22.Diego Bardanka.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (4.Mirjalol Qosimov, 83), 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze, 17.Salim Mustafoev, 19.Jamshid Hasanov (62.Jahongir Ergashev, 90+2), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev (14.Fayzullo Qambarov, 68), 30.Elguja Grigalashvili, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 15.Husan Rasulov, 25.Azizbek Usmonov, 44.Humoyun Abdualimov.

OgohlantirishlarMate Vatsadze 43, Erkin Baydullaev 58, G'ulom Haydar G'ulomov 68, Diyorjon Turopov 77, Oleg Tolmasov 83. 




Og'abek Samisov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика