So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Abramov sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Abramov sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (6:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.


- O'yinni barcha ko'rdi. Nima ham derdim. Ijrochilar darajasi bu erda o'z so'zini aytgani aniq. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz ham juda yomon darajada bo'ldi. Futbolchilar shunchaki futbol o'ynashdan qo'rqishadi.
Bugun faqatgina darvozabon ko'proq to'p uzatishlarni amalga oshirdi. U maydonda markaziy himoyachidek harakat qildi. Maydonda undan boshqa himoyachi ko'rmadim.
Bugun jamoa juda yomon o'ynadi. Mansur Saidovni nega almashtirdim? CHunki u birorta to'g'ri to'p uzatishni amalga oshira olmadi. Tajribali, etakchi futbolchi jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtirish o'rniga ketma-ket xatolarga yo'l qo'ydi. SHu boisdan uni almashtirdim.
Farg'onalik muxlislardan ushbu sharmandali mag'lubiyat uchun uzr so'rayman.
Biz antirekordlarni qayd etishda davom etyapmiz. "Neftchi" hali o'z tarixida "Paxtakor"ga bu kabi sharmandali yutqazmagan.

"Paxtakor"da o'yin bobida katta o'zgarish ko'rmadim. O'sha-o'sha "Paxtakor". SHunchaki bugun biz juda yomon o'ynadik va bizni ustimizdan kulishlariga yo'l qo'yib berdik. "Paxtakor" hali chempionatda ko'proq ter to'kishiga to'g'ri keladi. Biz kabi kuchsiz jamoalar ularga qarshilik qilmaydi endi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика