So’nggi yangiliklar

08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  4 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  1 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  7 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  11 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  15

Abramov: "Kuper termaga kimni chaqirish yo chaqirmaslikni o'zi hal qiladi, G'iyosov esa unga yoqmadi" Yangiliklar

Abramov: "Kuper termaga kimni chaqirish yo chaqirmaslikni o'zi hal qiladi, G'iyosov esa unga yoqmadi"

Coca Cola Superligasining 18-tur Bunyodkor hamda Lokomotiv bahsidan (1:1) keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

“Birinchi taymda o'tkazib yuborilgan golga o'zimiz sababchimiz. Ikkinchisida esa o'yinni raqib tomonida o'tkazishga harakat qildik. Biroq, hisob bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, natija adolatli bo'ldi. Maydon markazidagi tajribali futbolchimizning yo'qligi baribir sezildi. Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz bo'lmadi. Bunga o'ziga yarasha sabablar bor albatta. Agar birinchi bo'limni ko'radigan bo'lsak, har qanday jamoa raqibning holatiga qarab o'ynaydi. Tanaffusda ushbu holatlar tahlil qilinadi va keyingi bo'limda bu amalga oshiriladi. Bazida o'ylangan rejalar ijobiy yakunlanadi va bazida esa o'ylagandek bo'lmaydi. To'raev yo'qligida boshqa futbolchilar o'ziga etakchilikni olishi kerak edi. Afsuski, uning maydondagi o'rni bilindi. Tarkibdagi futbolchilar esa ushbu bo'shliqni yopishga harakat qilishdi. Biroq, ularning hali yoshligi, shuningdek, raqib futbolchilarining saviyasi yuqoriroqligi ko'rindi. Maydon holatining yaxshi emasligi bois ikkala jamoa ham eng yaxshi o'yinini namoyish eta olmadi. Matbuot anjumani vaqtida menga qo'ng'iroq qilinglar deb hech kimga aytmayman (kuladi). SHunchaki, tanishlarim g'alaba qozongan bo'lsam tabriklashadi, yutqazganimda esa qo'llab-quvvatlash uchun qo'ng'iroq qilishadi. Lekin, hozir ham qo'ng'iroq qilishlarini kutmagandim. Keling, sizlarga bo'lgan xurmatim uchun uning ovozini o'chirib qo'yaman. Hozir jamoamizda bor imkoniyatlardan foydalanmoqdamiz. Albatta, gol uradigan forvard paydo bo'lsa klub kuchayadi. Raqiblarimizda esa milliy terma jamoaning ko'pchilik azolari harakat qilishadi. O'yinimizda pasayish bor deb ayta olmayman. SHunday jamoaga qarshi o'ynagandan keyin buni aytish qiyin. Adashmasam endi 2 hafta tanaffus bo'ladi. Futbolchilarga 4 kun dam beriladi va keyin ular Olimpiya hamda MTJ yig'inlariga borib qo'shilishadi. CHumak masalasiga keladigan bo'lsak, himoyamizda muammolar borligi uchun u kelishi bilan maydonga tushdi. Hozir esa o'sha futbolchilar jarohatdan qutulib safga qaytgan. CHumak esa yaqin ikki hafta ichida bizga yordami tegishini sezib turibman. Kuper kimni chaqirish yo chaqirmaslikni o'zi hal qiladi. Demak, bizda terma jamoa darajasidagi futbolchilar yo'q. Xurshid G'iyosov chaqirilgandi. Biroq, Kuperga uning qaysidir jihatlari yoqmagan ko'rinadi. Xatolarimizni kelajakda to'g'irlab boramiz. Oldindagi uzulishlarga sabab esa raqibning qarshi hujumga o'tib ketmasligi uchun edi. Hujumlarga o'tib ketish natijasida «Nasaf»ga yutqazgandik. Bizni asosan qarshi hujumda ushlashmoqda”, – deya qayd etgan Abramov.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика