So’nggi yangiliklar

08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  5 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11

Abramov ketib Toshev keladimi? Yangiliklar

Abramov ketib Toshev keladimi?

Kecha tunda chiqqan xabar hammaning etiborini o'ziga tortdi.

Bloger SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida O'zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy o'zgarishi mumkinligi - Vadim Abramov o'rniga Usmon Toshev kelishi mumkinligi haqida post qoldirdi. 

Keyinchalik bu xabar saytda ham elon qilindi. SHundan so'ng sayt o'quvchilari bu borada turli izohlarni qoldirishdi va izoh yozish hamon davom etmoqda. Bu xabar qanchalik to'g'ri yo noto'g'ri, bilmaymiz, faqat SHahboz Beg'amovning aytishicha, yangilik ishonchli manbadan olingan. 

Bugun O'FA matbuot kotibi Davron Fayziev ham o'zining telegram kanalida ushbu xabarga raddiya yozdi. O'zi umuman insayderning malumot topib saytga berishi va keyinchalik tashkilot xodimi tomonidan rad qilinishi futbolda yangilik emas. Bunday holat ko'p marta uchrab turadi. 

Lekin bizni boshqa savol qiziqtiryapti? Abramovni terma jamoadan ketishiga asos bormi? Jahon chempionati saralash o'yinlaridan kelib chiqib aytganda terma jamoamiz 5ta o'yindan so'ng 9 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. Va qolgan uchta o'yinni yutsak, birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqamiz.

Futbolchilarimiz bungacha beshta uchrashuvdan to'rttasini Vadim Abramov qo'l ostida o'tkazishdi. Bu o'yinlar Yaman (5:0), Singapur (3:1), Saudiya Arabistoni (2:3) va Falastin (2:0) terma jamoalariga qarshi kechib, shundan uchtasida g'alaba qozondik. Faqat o'z maydonimizda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yganimiz alam qildi.

Mazkur bahsda murabbiyning xatosi tufayli yutqazganimiz ko'p bora aytildi. Lekin oxirigacha imkon beriladigan bo'lsa, Abramovda Saudiyani yutib kelish uchun vaqt bo'ladi. Guruh bahslari yakuniga qadar bizda uchta o'yin qolgan, asosiy raqibimiz Saudiya Arabistonida esa to'rtta.

Kuzda bo'lib o'tishi kutilayotgan bellashuvlarda biz dastlab Yamanga boramiz, o'z maydonimizda Singapurni qabul qilib, oxirgi turda Saudiya Arabistoniga safar qilamiz. Va katta ehtimol bilan aynan oxirgi tur guruhda birinchi o'rin masalasini hal qiladi.

Saudiya Arabistoni qolgan 4ta uchrashuvdan uchtasini o'z maydonida o'tkazadi. Ular safarda Singapur bilan kuch sinashib, uyda Yaman, Falastin va O'zbekistonni qabul qilishadi. Ko'rib turganingizdek, imkoniyat ularda yaxshiroq, lekin Abramov bir yili safarda Yaponiyani yutib kelgandi, agar Saudiya Arabistonini ham mag'lub eta olsa yana qoyil qolamiz.

Endi yana Toshev masalasiga qaytadigan bo'lsak, birinchidan Usmon Toshevning ishi bor. U kishi hozirda Tojikiston terma jamoasini boshqaryapti va yon qo'shnilarimiz ham biz kabi jahon chempionatiga chiqishga harakat qilmoqda. 

Toshev qo'l ostidagi jamoa shu paytgacha JCH-2022 saralash bosqichida o'zida Qirg'izistonni yutib, safarda durang o'ynadi. SHuningdek safarda Mo'g'ulistonni yutib, o'zidan kuchsiz hisoblangan Myanmaga yutqazib qo'ydi. Va o'z maydonida Yaponiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Tojikiston guruhda 5ta o'yindan so'ng 7 ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. Qirg'izistonda ham 7 ochko, faqat ularda to'plar nisbati yaxshi bo'lgani uchun ikkinchi o'rinda. Yaponiya esa 12 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilyapti.

Fikrimcha, hozirgi vaziyatda eng to'g'ri yo'l Abramovga oxirigacha imkon berish kerak. Biz Saudiya Arabistonida bo'ladigan o'yinni shu murabbiy qo'l ostida o'tkazishimiz shart. CHunki Abramov Toshkentdagi xatosini u yoqda to'g'rilashga harakat qiladi.

Agar Abramov guruhdan olib chiqsa yana ishlash davom etadi, lekin bu o'rinda uning ham klubda, ham terma jamoada ishlashini ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. CHunki keyingi bosqich hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Mobodo guruhdan chiqa olmasak, unda keyingi bosh murabbiy kim bo'lishining qizig'i qolmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика