Abraxam Rimda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2021, 00:39
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Temmi Abraxam Rimga uchib keldi va tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Yaqin vaqt ichida u "Roma" bilan shartnoma imzolaydi.

Avval xabar berilganidek, "Roma" futbolchi uchun 40 million evro to'laydi, "Chelsi" esa 80 million evro evaziga futbolchini qayta sotib olish variantini shartnomaga kiritgan.

Abraxam "bo'rilar" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi, uning maoshi yiliga 5 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020/21 yilgi mavsumda u 32 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi hamda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports