So’nggi yangiliklar

23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  0 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0

Abduvohid Nematov: "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim" Yangiliklar

Abduvohid Nematov: "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" darvozaboni Abduvohid Nematov saytimizga kichik intervyu berdi.

- CHempionlik bilan tabriklaymiz. CHempionlik tami qanday ekan?

- Rahmat. Biz yil boshidanoq o'z oldimizga chempionlik maqsadini qo'ygandik. Yaratganga shukr, bugun ushbu natijaga erisha oldik. "Nasaf" va qashqadaryoliklarni chempionlik bilan tabriklayman.

- Siz uchun eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?

- Aniq bir o'yinni aytib o'ta olmayman. Har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin bo'ldi. Har bir bahsning mevasi - shirin chempionlik bo'ldi.

- Siz uchun Superligadagi eng yaxshi o'yinchi kim bo'ldi?

- Bunday nomzodlar ko'p-ku. Masalan, Akmal Mozgovoy, SHerzod Nasrullaev, Oybek Bozorov va boshqalar.

- Keyingi yil muxlislarni xursand qiladigan gap aytasizmi? Legionerga aylanishingiz barcha o'zbek futbolining ishqibozlarini xursand qilishi aniq.

- Keling, oldindan bir narsa demaylik. Biroz vaqt o'tsin. Xudoga shukr "Nasaf" bilan O'zbekistondagi barcha musobaqalarda g'olib bo'ldim.


"Nasaf" chempionligini qanday nishonladi?

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика