So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  38 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  21 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Abdusamad Do'rmonov: “Neftchi”da asosiy tarkib, ikkinchi tarkib degan tushuncha yo'q" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: “Neftchi”da asosiy tarkib, ikkinchi tarkib degan tushuncha yo'q"

A PRO-Liga 15-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “Xorazm” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov saytmizga intervyu berdi.

"Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. “Xorazm” yaxshi shakllangan va tajribali jamoa, ular PRO-Ligada birinchi mavsum o'ynayotganlari yo'q, shu bois ular bugun uchrashuvda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi.

Biz bugunga qadar qimmatli ochkolarni yo'qotib bo'ldik, bundan buyog'iga har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushishimiz lozim bo'ladi. Buyog'i marraga oz qoldi, endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q, uydami safardami yutishimiz shart. Jamoamiz futbolchilariga doim takidlayman, futbolda g'alaba qo'shimcha ishtiyoq beradi, ijobiy natijalar o'z-o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi.

Bugun tarkibimizda yo'qotishlar bor edi. O'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan himoyachimiz Jamshid Qobulov, shuningdek Alisher Abduvohidov jarohati tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. O'ylaymanki, tez orada ular yana safimizga qo'shilishadi. “Neftchi”da asosiy tarkib, ikkinchi tarkib degan tushuncha yo'q, 25 nafar futbolchining barchasi asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. SHunchaki 11 nafar futbolchi boshlang'ich tarkibda maydonga tushadi. Kimdir jarohat yoki boshqa sabab bilan maydonga tusha olmaydimi, demak uni o'rnini to'ldirishga o'sha chiziq vakili tayyor bo'lishi kerak, biizda shunday muhit shakllangan. Aytganimdek, o'sha 11 nafar futbolchidan iborat boshlang'ich tarkibni esa jarayondan kelib chiqib, jamoamiz murabbiylari bilan birgalikda aniqlaymiz. Bugun stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman", – deydi Abdusamad Do'rmonov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика