So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  9 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  5 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Abdusamad Do'rmonov: “Neftchi” nomidan maydonga faqat g'alaba uchun tushish kerak" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: “Neftchi” nomidan maydonga faqat g'alaba uchun tushish kerak"

A Pro-Liga 3-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “SHo'rtan” (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

Dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchradik, biroq o'sha uchrashuvlarda o'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yuborgandik. Mag'lubiyatga uchragan uchrashuvlarimizda ham jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmagandi. Bugungi o'yin uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, oddingi uchrashuvlardagi xatolarimizni tahlil qildik. “Neftchi” nomidan har bir futbolchi maydonga faqat g'alaba uchun chiqishi kerak. Bunday shonli tarixga ega jamoaga munosib bo'lish kerak, ana o'shanda g'alabalar bo'ladi.

Bizdagi birinchi vazifa o'yinimizni yaxshi tashkil etish va uchrashuvlarda g'alabalar qozonishdan iborat. Bugungi uchrashuv har kuni o'zimiz mashg'ulotlar olib boradigan maydonda o'tkazilganligi ham bugungi g'alabamizni taminlovchi omillardan bo'ldi.

Pro-ligada o'ynayotgan bo'lsak ham bizga ishonib uchrashuvlarga tashrif buyurayotgan muxlislarimiz uchun yana Superligaga qaytish uchun harakat qilamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.
“Neftchi” matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика