So’nggi yangiliklar

09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  3 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  6 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1

Abdusamad Do'rmonov: "Bizda ham muammolar bor. Ammo..." Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Bizda ham muammolar bor. Ammo..."

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi G'uzorda "SHo'rtan"ga mag'lubiyatga (1:2) uchrab O'zbekiston kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Uchrashuv yakunlangch matubot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushdi va hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda "SHo'rtan" muvozanatni tikladi. O'yinning ikkinchi qismini o'zimiz istagandek o'tkazmadik. Futbolchilar rejadagidek harakat qilishdi va ko'rsatmalarni bajarishdi. Lekin, ayrim kichik xatolar sabab darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgach o'yin tizginini qo'limizga oldik. Ammo, vaziyatlardan foydalana olmadik. Bu - futbol. SHunaqasi ham bo'lib turadi. Nima bo'lganda ham oldinga intilishda davom etamiz. O'zbekiston kubogi guruh bosqichi ishtirokchilari qatoridan joy olishni istagandik. Lekin, o'xshamadi. Bollar Pro ligada kuchsiz jamoa yo'qligini ko'rishdi. 3 iyuldan chempionat bahslariga start beriladi. Xatolar ustida ishlab oldinga qarab harakat qilishdan to'xtamaymiz.

Mansur Saidov ham birinchi bo'limda qo'lidan kelgancha harakat qildi. U tajribali futbolchi. O'yindan oldin ham jamoa etakchisi sifatida gaplashgandik. Ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan toliqib qoldi. Yangi futbolchilarni o'yinni kuchaytirish uchun tushirdik. O'tgan safar bu ish bergandi. Bu gal esa natija bermadi. Kiyinish xonasida bollarga birinchi bo'limdagidek harakat qilishlarini tushuntirdik. 

Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va yuqori o'rinlar uchun kurashish. Muammo har bir jamoada bor. Bizda ham malum bir muammolar yo'q emas. Buni inobatga olmayapmiz va o'z o'yinimizni kuchaytirish haqida o'ylamoqdamiz. Buni futbolchilarni ongiga ham singdirmoqdamiz. Futbolda g'alaba qozonsangiz o'sish ham bo'ladi va muammolar ham bartaraf etiladi",- deydi Abdusamad Do'rmonov.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика