Abdurauf Bo'riev "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
18 dek 2023 21:42
Yangiliklar
Abdurauf Bo'riev "Paxtakor"ga o'tishga yaqin
Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi safida Dubaydagi yig'inda ishtirok etayotgan "Olimpik" klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev faoliyatini "Paxtakor"da davom ettirishga yaqin.
Bo'rievning "Olimpik" bilan shartnomasi 2024 yil oxirigacha edi. SHu bois "sherlar" uning transferini sotib olishmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev telegramdagi o'z kanalida malum qildi.
Malumot uchun, oldinroq Bo'rievga "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi", "Bunyodkor" va "Qayrat" (Qozog'iston) kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Eslatib o'tamiz, Bo'riev joriy mavsum Superliga doirasida 21 uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar