Abdurauf Bo'riev: Indoneziya qarshi hujumga asoslangan futbolni namoyish qiladi
29 apr 08:00
Yangiliklar
Abdurauf Bo'riev: Indoneziya qarshi hujumga asoslangan futbolni namoyish qiladi
O'zbekiston OTJ etakchilaridan biri Abdurauf Bo'riev kecha tashkil etilgan mashg'ulotlarda Indoneziyaga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Raqibni har tomonlama o'rganib chiqdik. Ularning kuchsiz va kuchli tomonlarini ko'rdik, biz ertangi uchrashuvga tayyormiz. Xudo xohlasa, g'alaba qozonamiz.
Ular bizdan 1 kun ko'proq dam olishdi, biroq chorak finalda 120 daqiqa futbol o'ynashdi. Ularda ham charchoq bo'ladi. O'yindan so'ng qayta tiklanish mashg'ulotlari olib borildi. Bu bizga muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.
Ular asosan qarshi hujumda o'ynashmoqda. Koreya Respublikasiga qarshi uchrashuvda ham ular qarshi hujumlar orqali o'ynashdi va g'alabani tantana qilishdi»- dedi Bo'riev.
O’xshash yangiliklar
18:42
Superliga. "Bunyodkor" - "Paxtakor" va 26-turning qolgan uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar malum 0
Fikrlar