So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  5 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  5 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  75 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  2 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  1 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

Abdurashid Ismoilov: “Bugun bir ochko ishladik” Yangiliklar

Abdurashid Ismoilov: “Bugun bir ochko ishladik”

Kecha birinchi liganing 5-turidan o'rin olgan “UzDongJu” – “Obod” (1:1) uchrashuvi yakuniga etgach har ikki klub bosh murabbiyining fikrlari bilan qiziqdik.

“UzDongJu” bosh murabbiyiga aylangan Abdurashid Ismoilov savollarimizga javob berdi.

- O'zingizga yaxshi malumki, bu bosh murabbiy sifatida ilk rasmiy uchrashuvim edi. Lekin “Obod” bilan bahsga odatdagidek tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi raqibimiz chempionat peshqadami Toshkentning “Obod” jamoasi bizga qarshi bahsga ham puxta xozirlik ko'rgani bilinib turdi. Birinchi bo'limda himoyachilarimizning xatosi evaziga darvozamizdan tezkor gol o'tkazib yubordik. Javob to'pini esa biz ham raqibning mudofaa chizig'ida yo'l qo'ygan xatosi natijasida kiritdik. Umuman olganda yigitlar g'alaba uchun xarakat qildi. Ijobiy natija uchun katta ishtiyoq bilan to'p tepishdi. “Obod”da 2-3 yildan buyon birga o'ynab kelayotgan tarkib bor. Qolaversa tarkibida mahoratli futbolchilar to'p surmoqda. Kelasi turda “Xorazm” mehmoni bo'lamiz. Nasib qilsa bo'lajak uchrashuvga ham puxta tayyorgarlik ko'rib, uch ochko bilan qaytishga xarakat qilamiz – deya gap boshladi Abdurashid Ismoilov.

- Bugungi raqibimiz chempionat karvonboshchisi ekanligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, durangdan qoniqdim. Bir ochko ishladik.

- Tajribali hujumchi Isroil Tursunovning zaxiradan maydonga tushirganimning sababi u biroz betob bo'lib qolgandi. O'yinoldi mashg'ulotda uning ojiz tomonlarini ko'rib, jaroxatidan forig' bo'lib safga qaytgan Akmal Jo'raboevni dastlabki daqiqalardan boshlab maydonga tushirishga qaror qildim. Umuman olganda ushbu har ikki hujumchimizning ham mahoratiga shubha yo'q.

- Bungacha jamoani boshqarib kelgan Nozim Mullaoxunov bilan futbol falsafamiz deyarli bir xil. Unga yordam berib kelayotganimda ham har bir ishni bamaslahat qilardik. Avvaldan Mullaoxunov bilan xamkorlikda ishlab kelamiz. Nozimjon viloyatimizning bosh jamoasiga o'tgan bo'lsada, bizga kerak paytda yordamini ayamayapti. O'yindan oldin ham qo'llab-quvvatlab turgani yanada to'lqinlantirib yubordi. Hozir jamoada qandaydir o'zgarishlar qilish mavridi emas. Tarkibdagi futbolchilarning barchasini imkoniyatini yaxshi bilaman. Qishda o'zimiz saralab olgan yigitlardir. Qolaversa davralar oralig'ida safimizga kelib qo'shilganlarni ham o'zimiz taklif etganmiz. Demak bu borada muammo bo'lishi mumkin emas.

- Murabbiylar shtabida ham o'zgarishga qo'l urmadik. Hamidullo Zokirov yaqindan yordam berib kelmoqda. Bundan tashqari ikkinchi ligadagi jamoamiz murabbiyi Fozil Boborahimov ham ko'maklashmoqda.

- Oliy ligaga chiqish uchun kurash? Mana bugun o'zinglar ko'rdinglar ”Obod” yaxshi jamoa. “Oq-tepa” ham asosiy davogarlardan biridir. Bundan tashqari “Xorazm” ham so'nggi turlarda g'alaba qozonib, avvalgi mavqeilarini tiklab bormoqda. Qolaversa bizning jamoa - “UzDongJu” ham qarab turmaydi va elita yo'llanmasi uchun jiddiy kurashadi. Tarkibdagi futbolchilar bilan kelishib olgan xolda, har bir bahsga g'alaba uchun chiqmoqdamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика