So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Abdurahmon Fozilov: "Milliy terma jamoamiz, vatanimiz bitta!" Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: "Milliy terma jamoamiz, vatanimiz bitta!"

O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi etakchisi Abdurahmon Fozilov Qatarga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Eshitimizcha, Malayziyadagi alamli mag'lubiyatga qaramay muxlislar klubimiz tomonidan Qatar bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapti...
- Ha to'g'ri aytasiz. Muxlislar klubi homiylar yordamida 30 mingta rangli qog'ozlarni chiqardik. Ammo bu qog'ozlarni Qatarga qarshi bahsda ishlatamizmi yoki yo'qmi buni bilmaymiz. Sababi uchrashuvga bir kun qolganida 8 ming dona chipta sotilibdi. Balki bugun muxlislar chipta sotib olishsa bu 30 mingta qog'ozdan Qatar bilan bahsda mozayka tashkil etarmiz. SHu o'rinda Malayziyadagi maydon holati haqida gapirib o'tmasam bo'lmaydi. Bu bahona emas lekin maysa tagidagi shag'al futbolchilarga o'ynash uchun imkoniyat bermadi. Mening o'zim ham uchrashuvdan keyin ustimdan bir chelak suv quyib yuborgandek holatda edim. Juda ham issiq edi. Ammo aytganimdek bu bahona emas, Suriya futbolchilari ham shu maydonda o'ynashdi. Bizning futbolchilarni ko'plab muxlislar tanqid qildi, shaxsan o'zim ham tanqid qildim. Sababi tanqid kelajak mevasi. Biz ham, futbolchilar ham O'zbekiston g'alaba qozonishini istaydi. SHunday ekan birlashaylik.

- Muxlislar soni kamayishi tabiiy, bunday pallada ularga nima degan bo'lardingiz?

- Barcha-barcha muxlislarni stadionga chorlab qolaman. Milliy terma jamoamiz, vatanimiz bitta! Vatanni almashtira olmaymiz! Barchani Qatar bilan o'yinga keling va terma jamoani qo'llab-quvvatlang! OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda terma jamoa tanqid qilindi. Keling termamizga yana imkoniyat beraylik. Oldindagi o'yinlarni g'alaba bilan tugatsak xudo xohlasa mundialga yo'l olamiz. Futbolchilar bilan suhbatlashganimda Rossiyadagi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishga vada berishdi. Ularning vadasini bajarishlariga ishonib qolamiz. Barchani stadionga chorlab qolamiz!, - deydi Abdurahmon Fozilov.  




Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика