So’nggi yangiliklar

22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  0 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  0 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  3 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  17 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0

Abdurahmon Abdulxaqov: "Neftchi" muxlislariga rahmat aytaman" Yangiliklar

Abdurahmon Abdulxaqov: "Neftchi" muxlislariga rahmat aytaman"

Ayni damda "Andijon" klubi tarkibiga borib qo'shilgan Abdurahmon Abdulxaqov bilan bog'lanib, saytimiz uchun intervyu tashkil etdik.

Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Futbolga qanday kirib kelgansiz?

Dastlab Marg'ilon shahrida futbol to'garagida ishtirok etganman, futbol haqidagi ilk tasavvurlarim aynan shu to'garakda shakllangan. Keyinchalik akam meni o'ziga tanish bo'lgan futbol murabbiylari yoniga olib borgan. Bu erda taniqli murabbiy Murod Ismoilov va boshqa murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etganman. Oradan bir yil o'tgach, Valeriy Vladimirovich Sidinov keldi, va u kishidan futbol sir-asrorlarini o'rgandim. 2006 yil "Paxtakor" futbol akademiyasiga borib qo'shildim.

Faoliyatingiz davomida qaysi jamoalar safida o'ynagansiz?


Dastlab "Paxtakor" jamoasi o'rinbosarlar tarkibida o'ynadim, keyin "Zarafshon"da, 2014 yilda yana "Paxtakor" o'rinbosarlari jamoasida, 2015 yilda "Zomin"da o'ynadim. 2016-2018 yillarda "Neftchi" jamoasi safida to'p surdim. 2018 yilgi mavsum yakunlangach, menga bu yil Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Andijon" jamoasidan chaqiruv bo'ldi va borib bu jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdim, yakunda klub bilan bir yillik shartnoma imzoladik.

Siz muxlislik qiladigan xorij futbol klubi va eng kuchli futbolchi kim?

O'zim "Manchester Yunayted" klubi muxlisiman. Eng kuchli futbolchi men uchun Ronaldino. Hozirgi kunda o'ynayotgan futbolchilar ichida esa Krishtianu Ronaldu.

O'z futbolchilik faoliyatingizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, qaysi murabbiylar sizda iliq taassurot qoldirgan?

O'zimni faoliyatimda Valeriy Vladimirovich Sidinov, Murod Ismoilov va SHuhrat Rahmonqulovning xizmatlarini beqiyos baholayman.

Kelajakdagi rejalaringiz...

Yangi mavsumda "Andijon" jamoasi safida Superliga uchrashuvlarda munosib ishtirok etib, jamoa g'alabalariga o'z hissamni qo'shaman degan umiddaman. Nasib qilsa kelajakda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'ynash, shuningdek xorij chempionatlarida o'zimni sinab ko'rish kabi maqsadlarim bor.

Muxlislarga tilaklaringiz...

Birinchi navbatda "Neftchi" jamoasi muxlislariga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. "Neftchi" muxlislari har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelishgan, ularga har qancha rahmat aytsak arziydi. Umuman barcha o'zbek futbol muxlislari biz kabi futbolchilar uchun judayam qadrli.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика