Abduqodir Husanov O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi
10 dek 2024 17:04
Yangiliklar
Abduqodir Husanov O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi
Yangilanishdan so'ng Abduqodir Husanovning transfer narxi 7 million evroga ko'paydi va 12 million evroga etdi!
Himoyachi bu mavsum "Lans" klubining asosiy futbolchisiga aylanib oldi. Husanov bir necha marta o'yinning eng yaxshi futbolchisi (yoki kamida eng yaxshilardan biri) deb topildi. Bundan tashqari, oktyabr oyida Abduqodir Franciya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi. Transfer narxining oshishiga Husanovga Evropaning top-klublaridan bo'layotgan qiziqish ham sabab bo'ldi.
Endi Husanov:
• Franciya chempionatida markaziy himoyachilar orasida 21-o'rinda;
• Franciya chempionatida U-21 markaziy himoyachilar orasida 2-o'rinda;
• Osiyolik markaziy himoyachilar orasida 4-o'rinda.
SHunday qilib, Abduqodir Husanov ayni paytda O'zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylanib oldi. Bu o'zbek futboli tarixidagi ikkinchi natijaga aylandi: 2021 yilda "Roma"ga o'tganidan keyin Transfermarkt Eldor SHomurodovni 14 million evroga baholagan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar