So’nggi yangiliklar

15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  1 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  15 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  6 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  25 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  2 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  1 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  8 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  1 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  6 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 09:30"Брентфорд" бош мураббийи: "Ҳусанов қизил олиши керак эди"  7

Abduqaxxor Xojiakbarov: “Neftchi”ga moslashish men kutgandan ham oson kechmoqda” Yangiliklar

Abduqaxxor Xojiakbarov: “Neftchi”ga moslashish men kutgandan ham oson kechmoqda”

Neftchi jamoasi birinchi davradan so'ng quyi pog'onalarni egallab turibdi.
Autsayderlar qatorini tark etish maqsadida bosh murabbiy jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Bir qancha o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilmokda. Bu o'yinlarda Abduqaxxor Xojiakbarov ham o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Lokomotivga qarshi uchrashuvdan so'ng futbolchi bilan bog'lanib suhbat uyushtirdik.

- Salom Abduqaxxor. Neftchi jamoasiga sizni kim taklif etdi?
- Jamoa murabbiyi Amet Memet menga taklif bilan chiqdi. Men esa yo'q deya olmadim. Taklifni qabul qildim.

- Neftchidan tashqari boshqa klublardan ham taklif bo'lgandir?
- Ha takliflar bo'ldi. Oliy ligamiznig uch klubidan taklif buldi. Bularning ichida Neftchi varianti qiziqroq tuyuldi.

- Neftchi bilan bir qancha o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushib kelyapsiz. Jamoaga moslashish qanday kechyapti?

- Jamoaga moslashish men kutgandan ham oson kechmoqda. Jamoadagi ichki muhit juda alo darajada.

- Neftchi bilan shartnoma imzoladingizmi?
- SHu kunlarda jamoa bilan rasman shartnoma imzolayman.

- Siz bilan birga jamoaga yana bir qancha o'yinchilar taklif etildi. Ular xaqida nima deya olasiz?
- Jamoaga yangi qo'shilganlar o'zlarini har tomonlama yaxshi ko'rsatishga harakat qilishyapti. Barcha o'yinchilar mashg'ulotlarda jon berib ter to'kishyapti.

- Neftchini maqsadi jiddiy ko'rinadi. To'g'rimi?
- Ha albatta. Ikkinchi davrada jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

- Nima uchun aynan Neftchi variantini tanladingiz?
- Bu erda avval birga ishlagan murabbiyim Amet Memet borligi uchun va jamoa o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygani uchun ham Neftchiga o'tishga qaror qildim.

- Jamoadagi raqobatdan cho'chimayapsizmi?
- Yo'q. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Men hech qachon raqobatdan qo'rqmayman.

- Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.

- Sizga ham rahmat.

Komiljon Ikromov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика