Abduqahhor Xojiakbarov "Turon" bilan xayrlashdi Yangiliklar

Abduqahhor Xojiakbarov "Turon" bilan xayrlashdi

Futbolchilar o'tgan mavsum autsayderi bo'lgan "Turon" jamoasi tarkibini asta-sekin tark etishmoqda.

Saytimizga malum bo'lishicha, tajribali himoyachi Abduqahhor Xojiakbarov yaypanliklar bilan xayrlashgan. 

O'tgan mavsumda jarohati bois ko'plab uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmagan Xojiakbarov endilikda o'zini boshqa jamoada sinab ko'radi.

Malumot uchun, 32 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 10 o'yinda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka bilan jazolangan bo'lsa, 1 marta maydondan chetlatilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика