So’nggi yangiliklar

02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Abduqahhor Marufaliev: “Saudiya Arabistonini yutsa bo'ladi” Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: “Saudiya Arabistonini yutsa bo'ladi”

Malumki bugun milliy terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi guruhdagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.
Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. SHunday ekan o'yinning ahamiyati yuqori. Bo'lajak bahs oldidan o'z vaqtida terma jamoamiz libosini qiyishga muvaffaq bo'lgan Abduqahhor Marufalievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Osiyo chempionati o'yinlarini imkon qadar kuzatib boryapman. Xitoy bilan o'yinda tayyor g'alabani qo'ldan boy berdik. Hozir bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. CHunki guruhda qiyin vaziyatga tushib qolganmiz. Lekin bilasizmi har gal terma jamoamiz huddi shunday qiyin vaziyatlarda iroda ko'rsatib, chiqib ketadi. Bugun ham tabiiyki vakillarimizdan g'alaba kutamiz. Saudiya Arabistoni ham kamida durang uchun borini beradi. Raqibni hurmat qilgan xolda, yigitlar xalqimizga xursandchilik ulashadi degan niyatdaman.

- Odil Ahmedov jarohatdan keyin endi-endi o'zini ko'rsata boshladi. Hali uning foydasi katta bo'ladi.

- Vitaliy Denisov yaxshi o'ynamoqda. Agarda milliy chempionatimizdagi o'yinchilarni oladigan bo'lsak, Igor Sergeev o'zini ko'rsatmoqda. Menimcha u Osiyo chempionatida kashfiyot bo'ladi va xorij klublariga o'tishga yaqin bo'lgan nomzoddir. Undan tashqari Akmal SHorahmedov ham mazkur chempionatdan keyin faoliyatini xorijda davom ettirsa kerak. Bu borada Sardor Rashidovni ham ko'rsatish mumkin.

- Murabbiylik ishi oson emas. Mirjalol Qosimovni o'zi biladi, qanday tarkibni tushirishni. SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, bugun Sardor Rashidov boshlang'ich tarkibdan joy olsa kerak. Nima bo'lganda ham, bugun yigitlarimizni g'alaba qozlonishlarini kutib qolamiz. Bu borada ularga omad yor bo'lsin, - deydi Abduqahhor Marufaliev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика