Abduqahhor Marufaliev: "Biz yaratgan tarixni Timur Kapadze jamoasi takrorlashiga ishonamiz"
04 okt 2023 14:00
Yangiliklar
Abduqahhor Marufaliev: "Biz yaratgan tarixni Timur Kapadze jamoasi takrorlashiga ishonamiz"
"Esimda bor, Janubiy Koreya bilan o'yinda zaxirada qolgan edim. Raqib darvozamizga adashmasam 20tadan oshiq zarba yo'llagan. Zarbalarning aksariyatini Yuriy SHeykin qaytargan, ayrimlari to'singa tegib qaytgan edi. Azamat Abduraimov bitta aniq zarba bilan juda chiroyli tarzda darvozani ishg'ol qilgani yodimda. Koreyalik futbolchilarni ko'rsangiz xuddi orqasiga motor ulab qo'ygandek yugurardi. Ancha tez edi. Bor etiborimiz shu o'yinga qaratilganini sababi finalda Xitoyni bemalol yuta olardik.
Janubiy Koreyada Anatoliy Bishovec murabbiylik qilardi. Adashmayotgan bo'lsam raqibning har bir futbolchisiga uy va mukofotlar vada qilingani haqida eshitganmiz. Lekin haqiqatdan ham yaxshi jamoa sifatida shakllangan. O'sha tarkibdagilarning ayrimlari hozir murabbiy bo'lib ishlamoqda. Bugungi Janubiy Koreyaga nisbatan ancha kuchli va tez edi.
Xudo xohlasa, yigitlar raqibidan ustun kelishadi. CHorak finalda Saudiya Arabistonidan ustun kelishdi. Omad va kuch-quvvat tilaymiz. Biz yaratgan tarixni takrorlashiga ishonaman", - deydi Abduqahhor Marufaliev.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar