Abduqahhor Hojiakabarov: "Olmaliq"da raqobat juda katta"
11 jan 2016 18:30
Yangiliklar
Abduqahhor Hojiakabarov: "Olmaliq"da raqobat juda katta"
"Dekabr oyida Olmaliq shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladik. Yangi yil bayramidan so'ng ikkinchi yig'in boshlandi. "Bunyodkor"ga qarshi bahs yildagi ilk uchrashuv bo'ldi. Murabbiylar ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishdi. "Bunyodkor" bilan o'yin oson kechgani yo'q. Har doim bu jamoa bilan o'yinlar qiziqarli bo'lib kelgan", - deydi Abduqahhor Hojiakbarov.
"Bugun himoyada Artyom Filiposyan, Rahmatullo Berdimurodov va belaruslik Jevnerov bilan o'ynadik. Ularning barchasi tajribali futbolchilar, shu bois ortiqcha qiyinchilik bo'lgani yo'q".
"Jamoada raqobat o'ta yuqori. Masalan o'ng qanot himoyasida Islom Inomov ham o'ynaydi. SHunchaki bugun murabbiylar uni tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynatishdi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi", - deydi himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar