Abdumajid Toirov: "Meni "NBU-Osiyo"dan ketdi deb hisoblayvering"
09 dek 2014 15:41
Yangiliklar

Abdumajid Toirov: "Meni "NBU-Osiyo"dan ketdi deb hisoblayvering"
Joriy mavsumni birinchi liga ishtirokchisi "NBU-Osiyo"da o'tkazgan Abdumajid Toirov hamon futbolchilikni davom ettirmoqda.
Yaqinda "bankirlar" ustozi o'zgardi. Endilikda jamoani Rufat Akramxo'jaev boshqaradigan bo'ldi. Bu yil 40 yoshini qarshi olgan tajribali himoyachi Toirov endi "NBU-Osiyo"da qoladimi yo'qmi? Bu uning o'zi shunday dedi.
- Bilsangiz yaqinda jamoa bosh murabbiyi o'zgardi. Men ham endi jamoamni o'zgartirsam kerak. Meni "NBU-Osiyo"dan deyarli ketdi deb hisoblayvering. Lekin qaysi jamoaga ekanligi hozircha nomalum. Ochig'ini aytganda, hozir hech qanday taklif bo'lgani yo'q. Balki bu masala yanvar oyida aniq bo'lar. Jamoalar tatildan qaytishganidan keyingina, taqdirimga oydinlik kiritiladi deb o'ylayman.
- Yana futbol o'ynaymanmi? To'g'risi bu haqda ham aniq to'xtamga kelganim yo'q. Ehtimol butsalarimni mixga ilib, murabbiylikka o'tarman", - deydi Abdumajid Toirov.

Fikrlar